Tavsif
The Eira Francis Davies Scholarship dasturi har yili Buyuk Britaniyaning Uels davlatida joylashgan Suansi universitetiga magistrlik darajasi uchun oʻqishga qabul qilingan bir nafar ayol talabaga oʻqish toʻlovlarini toʻliq qoplab berish imkonini beradi. Talaba the Faculty of Medicine, Health and Life Science — Tibbiyot, salomatlik va hayot fanlari fakultetiga magistrlik dasturi boʻyicha oʻqishga qabul qilinishi va rivojlanayotgan davlat fuqarosi boʻlishi lozim. Oʻzbekiston shunday davlatlar qatoriga kiradi.
Ushbu dasturda qatnashish uchun nomzodlar Suansi universitetining quyidagi kurslaridan biriga 2024-yil sentyabr oyi uchun qabul qilingan boʻlishi lozim:
- Biomedical Science (Clinical Biochemistry), MSc
- Biomedical Science (Clinical Microbiology), MSc
- Child Public Health, MSc
- Clinical Psychology and Mental Health, MSc
- Cognitive Neuroscience, MSc
- Genomic Medicine, MSc
- Healthcare Management, MSc
- Health Data Science, MSc
- Health Informatics, MSc
- Long Term and Chronic Conditions Management, MSc
- Medical Radiation Physics, MSc
- Nanomedicine, MSc
- Public Health and Health Promotion, MSc
- Research Methods in Psychology, MSc
Har bir kurs va unga qoʻyilgan talablar bilan kurs nomlariga biriktirilgan havolalar orqali batafsil tanishish mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.