Ayol-qizlar uchun dastulash bo'yicha “IT Girls 2023” 3 oylik bepul oflayn kursi
O‘zbekiston O‘zbekiston
18 Mar, 2023 · Muddat tugagan

Ayol-qizlar uchun dastulash bo'yicha “IT Girls 2023” 3 oylik bepul oflayn kursi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

“Albison Academy” IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda “IT Girls 2023” dasturiga arizalar qabuli boshlanganini e’lon qiladi!

IT Girls 2023 – bu qizlar va ayollar uchun qimmatbaho texnologiya koʻnikmalarini oʻrganish va IT sohasida muvaffaqiyatli karyera boshlash uchun noyob imkoniyatdir.

Dastur 20-martdan boshlanadi va uch oy davom etadi.

Darslar oflayn tarzda, shinam va yorug‘ sharoitda, har bir ishtirokchiga alohida e’tibor ajratilgan holda o‘tkaziladi. Dasturda kamida 7+ ball toʻplagan IELTS sertifikati egalari qatnashishi mumkin, bu ishtirokchilarning global IT sohasida ingliz tilidagi muloqotga yaxshi tayyor ekanliklarini kafolatlaydi.

Avvalgi ta’lim yo‘nalishlarining ba’zi bitiruvchilari dastur natijasida AQShda o‘qish uchun to‘liq moliyalashtirilgan stipendiyalarni qo‘lga kiritdilar, boshqalari esa – hozirda global IT kompaniyalarida ishlamoqda.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda 14 yoshdan 34 yoshgacha boʻlgan barcha qizlar qatnasha oladi;
  • IELTSdan kamida 7.0 ball olgan bo'lish kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Fullstack, veb- va mobil-dasturlash boʻyicha bepul oʻqish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Dasturga arizani 19-martgacha ushbu havola orqali yuborish mumkin: 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 14, Max: 34

  • Jins

    Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 7

O‘zbekiston Ayol-qizlar uchun dastulash bo'yicha “IT Girls 2023” 3 oylik bepul oflayn kursi
18 Mar, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.