Ayol-qizlar uchun istalgan yoʻnalish boʻyicha AQShda magistratura, doktorantura, postdoktorantura bosqichida oʻqish uchun grant — AAUW International Fellowships
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
29 Sen, 2025 · Muddat tugagan

Ayol-qizlar uchun istalgan yoʻnalish boʻyicha AQShda magistratura, doktorantura, postdoktorantura bosqichida oʻqish uchun grant — AAUW International Fellowships

Magistratura +2 Almashinuv dasturi Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

The American Association of University Women (AAUW) — ayollar va qizlar uchun tenglik va taʼlimni targʻib qiluvchi AQShdagi yetakchi tashkilotlardan biri.

Assosiatsiya International Fellowships dasturi doirasida har yili AQShda magistratura, doktorantura, postdoktorantura bosqichida to'liq (full time) oʻqimoqchi yoki tadqiqot olib bormoqchi boʻlgan ayol-qizlarga $20,000 dan $25,000 gacha grant taqdim etadi.

Nomzodlar quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:

  • Rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan salohiyatli nomzodlarga ustunlik beriladi.
  • Nomzodning dastur yakunlagandan soʻng, faoliyatini oʻz yurtida olib borishga boʻlgan xohishi;
  • Akademik va professional koʻrsatkichlari;
  • Oʻz jamiyatida ayollar va qizlarni qoʻllab-quvvatlashga boʻlgan xohishi;
  • Taqdim etilgan oʻqish/Tadqiqot rejasi;
  • Oʻz davlatida ijtimoiy faolligi;
  • Moliyaviy holati va boshqalar.

Dastur haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dastur talablari:

  • AQShdagi akkreditatsiyadan oʻtgan OTMlarda istalgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqimoqchi boʻlgan ayol-qizlar ariza topshirishi mumkin;
  • Grantga ariza topshirishdan oldin universitetga qabul qilingan bo'lishi kerak;
  • Oldin magistratura/doktorantura o’qimagan bo’lish lozim;
  • Nomzodlar AQSh fuqarosi yoki doimiy rezidenti boʻlmasligi kerak;
  • Nomzod kamida bakalavr darajasi (yoki ekvivalenti)ga ega boʻlishi va 4 lik shkalada 3.5 GPA ga ega bo'lishi kerak;
  • Dasturni tamomlagandan soʻng, nomzod oʻz vataniga qaytib, professional faoliyatini olib borish niyatida boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi va muvofiq til sertifikatiga ega boʻlishi kerak (min. IELTS 6.5).

Dastur talablari va shartlari bilan batafsil rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Grant miqdori bosqichlarga qarab quyidagi miqdorda taqdim etiladi:

  • Magistratura — $20,000;
  • Doktorantura — $25,000.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza berish uchun saytda onlayn tarzda akkaunt ochish talab etiladi.

Ayrim kerakli hujjatlar:

  • Tavsiyanoma — 2 ta; nomzodning akademik va professional faoliyatidan xabardor boʻlgan professor-oʻqituvchilar, professional hamkasblardan olinishi mumkin;
  • Transkript (universitetdagi baholar) — eng soʻnggi tahsil olgan OTMdan boʻlishi kerak; Transkriptda talaba oʻqigan fanlari va baholari koʻrsatilishi kerak;
  • Hozirda OTMda tahsil olayotgan nomzodlar oʻqishini tasdiqlovchi hujjat va mavjud transkriptni taqdim etishi lozim;
  • Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS 6.5, TOEFL iBT 79);
  • Maktab yoki bakalavr bosqichini ingliz tilida tamomlagan nomzodlar til sertifikati boʻlmasa, ingliz tilida tahsil olganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi mumkin.
  • Oʻqish/Tadqiqot rejasi.

Muhim: ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar tarjimasi rasmiy tasdiqlangan holda boʻlish kerak.

Hujjat topshirish jarayoni bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

2026-yil 15-aprel: Natijalar elektron pochta orqali barcha ariza beruvchilarga yuboriladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun rasmiy sayt orqali aloqaga chiqish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Almashinuv dasturi

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Magistratura, PhD, Postdoktorantura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 6.5

  • Jins

    Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

AQSh Ayol-qizlar uchun istalgan yoʻnalish boʻyicha AQShda magistratura, doktorantura, postdoktorantura bosqichida oʻqish uchun grant — AAUW International Fellowships
29 Sen, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.