Ayol-qizlar uchun Qirgʻizistonda xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik tadqiqot dasturi
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
31 Mar, 2026 · Muddat tugagan

Ayol-qizlar uchun Qirgʻizistonda xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik tadqiqot dasturi

Tadqiqot To'liq moliyalash

Tavsif

Ayol-qizlar uchun Qirgʻizistonda xarajatlari qoplanadigan ekspeditsiya — Adventure of Science: Women and glaciers in Central Asia taqdim etiladi. Ekspeditsiya uchun jami 10 nafar ayol saralab olinadi.

Dastur tanqidiy fikrlash, qiziquvchanlik va har qanday fikrni ifoda etishni ragʻbatlantirish uchun moʻljallangan. Dastur davomida atrof-muhit bilan bogʻliq mavzular, jumladan iqlim oʻzgarishi va muzshunoslik haqida maʼlumot beriladi. Bundan tashqari, guruh boʻlib oʻz ilmiy loyihasini ishlab chiqish orqali bu mavzularga qanday yondashish mumkinligi oʻrganiladi.

Dastur 2026-yil 18-avgustdan 28-avgustgacha Qirgʻizistondagi Ala-Archa Milliy Parkining yovvoyi tabiatini oʻrganish uchun olib boriladi.

Ekspeditsiyadan soʻng 2 ta ommaviy tadbir oʻtkaziladi (Qirgʻizistonda post-ekspeditsiya tadbiri va xalqaro onlayn simpozium) va unda oʻrganilgan bilimlarni olimlar va tegishli soha mutaxassislari bilan boʻlishish imkoniyati mavjud.

Maʼlumot uchun: Ushbu sayohat davomida tajribali, faqat ayollardan iborat instruktorlar jamoasi va togʻ boʻyicha gid ayol kuzatib boradi. Barcha instruktorlar togʻ xavfsizligi boʻyicha tayyorlangan, shuningdek, sertifikatga ega professional gid ekspeditsiya davomida xavf-xatarlarni boshqarish va xavfsizlikni taʼminlash uchun masʼul boʻladi. Ishtirokchilarga alp togʻlarida xavfsiz harakat qilish koʻnikmalari oʻrgatiladi.

Dasturga Shveysariya Rivojlanish va Hamkorlik Agentligi (SDC) tomonidan sertifikat berilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 18-25 yosh oraligʻidagi Markaziy Osiyo mamlakatlaridan boʻlgan ayol-qizlar qatnashishi mumkin (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston);
  • Ingliz yoki rus tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Ishtirokchilardagi bilim, tajriba va ishtiyoq hisobga olinadi:
    • ilm-fanga qiziquvchi, tabiat va atrof-muhit haqida koʻproq bilishni xohlovchilar;
    • yovvoyi tabiatni kashf etish imkoniyatini va oʻzi bilan bir xil dunyoqarashli ayollar bilan fikr almashishni istayotganlar.

Maʼlumot uchun: Dasturi STEM sohalari (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda alpinizmda mavjud boʻlgan gender tafovutini kamaytirishni maqsad qilgan. Shu sababli, bu sohalarda ayollarning ishtirokini ragʻbatlantirish uchun dasturda faqat ayollar qatnashishga taklif qilinadi.

Muhim: Avval dasturda qatnashganlar ariza topshirishi mumkin emas.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Bishkekkacha borish-kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Ovqatlanish va turar joy bilan taʼminlanadi;
  • Ekspeditsiya uchun zarur boʻlgan jihozlar (togʻda yurish uchun kiyimlar/poyabzal va texnik jihozlar) taqdim etiladi;
  • Togʻ muhitini oʻrganish, muzliklarni koʻrish va ayollar jamoasi rahbarligidagi lager hayotida tajriba oʻtkazish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Dasturga qiziqqanlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtib ariza topshirishlari mumkin. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng nomzod oʻzi uchun profil yaratishi soʻraladi.

Hujjat topshirish 3 bosqichdan iborat:

  1. Nomzod oʻzi haqidagi asosiy maʼlumotlarni toʻldiradi.
  2. Shaxsiy biografiya kiritiladi;
  3. Ishtirokchining qiziqishlari va fikrlari yoziladi.

Muhim: Joylar soni cheklanganligi uchun arizalarni imkon boricha tezroq topshirish soʻraladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 25

  • Jins

    Ayol

Qirgʻiziston Ayol-qizlar uchun Qirgʻizistonda xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik tadqiqot dasturi
31 Mar, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.