Tavsif
Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (OSCE) Germaniya-Qozogʻiston Universiteti (DKU) bilan hamkorlikda qayta tiklanadigan energiya (renewable energy) sohasidagi yosh ayol-qizlar uchun Qozogʻistonda magistraturani toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi OSCE Scholarship Programme grantini taqdim etadi. Dastur boʻyicha jami 7 nafar nomzodga grant ajratilishi rejalashtirilgan.
Grant Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Moʻgʻulistondan kelgan ayol-qizlarni Germaniya-Qozogʻiston Universitetida (DKU) magistratura bosqichini oʻqish uchun qoʻllab-quvvatlaydi. Chunki ushbu dastur qayta tiklanadigan energiya sohasida karyerasining dastlabki bosqichidagi yosh ayol-qizlar uchun zaruriy koʻnikmalar bilan taʼminlashga qaratilgan.
Dastur 2024-yil 2-sentyabrdan 2025-yil 31-maygacha davom etadi.
Maʼlumot uchun: OSCE Scholarship Programme dasturi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Markaziy Osiyoda energiya xavfsizligi va barqarorligi uchun energetika sektorida ayollar ishtirokini ragʻbatlantirish loyihasi doirasida tashkil etilgan boʻlib, Avstriya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Norvegiya va Polsha hukumatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Ushbu dasturning muhim xususiyati Germaniya tajribasini Qozogʻistonga va umuman Markaziy Osiyoga oʻtkazishdir, chunki Markaziy Osiyo davlatlarining hech birida qayta tiklanadigan energiyani boshqarish boʻyicha ixtisoslashtirilgan magistratura dasturlari mavjud emas.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.