Tavsif
Britaniya Kengashining Ayollar uchun STEM stipendiyalari dasturi fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) fanlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan ayollarga moliyaviy yordam va malaka oshirish imkoniyatlarini taqdim etadi.
4 yildan buyon Britaniya Kengashi Amerika, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Gʻarbiy Bolqon, Markaziy Osiyo, Braziliya, Misr, Meksika va Turkiyadan ayollarni jalb qilish uchun Buyuk Britaniyaning 21 ta universiteti bilan hamkorlikda “Woman in STEM” stipendiyasi dasturini yoʻlga qoʻyib kelmoqda.
Bu stipendiya dasturining maqsadi ayol-qizlar uchun STEM sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishdir. BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (UNESCO) maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda butun dunyodagi tadqiqotchilarning 30 foizdan kamroq qismini ayollar tashkil qilgan va ayol talabalarning atigi 30 foizi oliy taʼlimda STEMga aloqador sohalarni tanlagan. Biroq bu koʻrsatkich sekin-asta oshib bormoqda va hozirda 35 foizni tashkil qiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.