Ayol-qizlarga mo'ljallangan onlayn va oflayn formatda boʻlib oʻtuvchi The Women Deliver 2023 konferensiyasida qatnashish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant
Ruanda Ruanda
30 Sen, 2022 · Muddat tugagan

Ayol-qizlarga mo'ljallangan onlayn va oflayn formatda boʻlib oʻtuvchi The Women Deliver 2023 konferensiyasida qatnashish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

“The Women Deliver 2023” konferensiyasi gender tengligi sohasidagi eng yirik koʻp tarmoqli anjumanlardan biridir. Konferensiyada ayol va qizlar huquqlari sohasiga qiziqadigan va shu sohada amaliy ishlar olib borayotgan ayol-qizlar qatnashishadi va bir-birlari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Shuningdek, boshlangʻich targʻibotchilar, voyaga yetgan va yetmagan shaxslar, ayollarga qarshi diskriminatsiyaga uchrayotgan jamiyat vakillari ishtirok etishadi.

Konferensiya 2023-yil 17-20 iyul kunlari Ruandaning Kigali shahrida boʻlib oʻtadigan gibrid shaklda: onlayn va oflayn boʻlib oʻtadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yoshi va kelib chiqishidan qatʼi nazar ayollar huquqlari va gender tenglik masalalariga qiziquvchi barcha ayol-qizlar ariza yuborishlari mumkin;
  • Gender tengligi, ayol-qizlar salomatligi, huquqlari va farovonligini oshirishga harakat qilayotgan kam va oʻrta daromadli mamlakatlardan qatnashadigan ayol-qizlarga ustunlik beriladi;
  • Imtiyoz olish uchun ishtirokchilar oldin Women Deliver konferensiyasi tomonidan stipendiya olmagan boʻlishlari kerak;
  • Konferensiyada ishtirok etish uchun ingliz, ispan yoki fransuz tilini bilish kerak (sertifikat soʻralmaydi).

Batafsil maʼlumot olib ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Konferensiyada oflayn qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlar uchun borish-kelish aviachiptasi, mehmonxona, viza, oziq-ovqat, ichki transport va roʻyxatdan oʻtish xarajatlari toʻliq qoplanadi;
  • Konferensiyada onlayn qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlar uchun roʻyxatdan oʻtish va foydalanilgan internet uchun stipendiya ajratiladi;
  • Agar ishtirokchilar 18 yoshga toʻlmagan yoki nogironligi bor shaxslar boʻlsa ular bilan birga keladigan inson uchun ham xarajatlar moliyalashtiriladi.

Batafsil maʼlumot olib ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Ushbu ariza shakli ustiga bosib barcha soʻralgan maʼlumotlar kiritiladi;

Ariza shaklida quyidagi savollarga javob yozish kerak:

  • Konferensiyada qatnashish orqali qanday koʻnikmalar, bilimlar yoki tajribalar olish mumkin? (maksimal 150 soʻz);
  • Qizlar va ayollarga taalluqli masalalarni ijobiy tomonga oʻzgartirishga qaratilgan faoliyatlaridan 2-3 ta misol keltirish, masalan, professional, akademik yoki volontyorlik loyihalari (maksimal 150 soʻz);
  • Konferensiyada olingan tajriba va bilimlarni oʻz jamiyatida keyinchalik qanday qoʻllamoqchi? (maksimal 150 soʻz);
  • Arizalar ingliz, ispan yoki fransuz tilida qabul qilinadi.

Qabul qilish jarayoni:

  • Arizalar 2022-yil 19-iyuldan 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi;
  • Natijalar 2023-yil yanvar oyida eʼlon qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Eng koʻp soʻraladigan savollarga javoblar FAQʼs bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Fransuz tili

  • Jins

    Ayol

Ruanda Ayol-qizlarga mo'ljallangan onlayn va oflayn formatda boʻlib oʻtuvchi The Women Deliver 2023 konferensiyasida qatnashish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant
30 Sen, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.