Tavsif
Inspiring Women in Science awards tanlovi butun dunyo boʻyicha barcha ayol-qizlarning tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, matematika va tibbiyot kabi STEM fanlari bilan shugʻullanishini ragʻbatlantirish hamda ularning ilm-fandagi yutuqlarini oshirishga qaratilgan tanlov hisoblanadi. Dastur ikki kategoriya boʻyicha olib boriladi. 1.Science Outreach Categoryda STEM sohasidagi ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar qabul qilinadi. 2.Scientific Achievement Categoryda ilm-fan sohasidagi tadqiqotchi ayollar qatnashishlari mumkin boʻladi.
Ikkala kategoriyaning ham qatnashish boʻyicha alohida-alohida talablari, taqdim etiladigan sovrinlari hamda baholash mezoni mavjud. Dasturga qabul jarayoni 2026-yil 28-yanvardan boshlanib, 2026-yil 8-aрrelgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.