Tavsif
TechWomen — AQSh Davlat departamentining Taʼlim va madaniyat masalalari byurosi tashabbusi bilan dunyoning 20 dan ortiq mamlakatdagi STEM (matematika, muhandislik, texnologiya va ilmiy fanlar) yoʻnalishida tajribaga boʻlgan ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni bilimini yanada mustahkamlashga yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Dasturga qabul qilingan ayol-qizlar 5 hafta davomida AQShning San-Fransisko va Vashingtonda nufuzli kompaniya va tashkilotlarda amaliyot oʻtaydilar va yangi gʻoya, bilim va tajriba orttirish imkoniga ega boʻladilar.
Dastur davomida foydali va professional tajribaga ega boʻlish imkoniyatini osonlashtirish uchun har bir ishtirokchidan oʻzining bilim va qiziqish sohasiga qarab TechWomen yoʻnalishida ishtirok etishi mumkin:
Ariza topshirish jarayonida har bir arizachi oʻz yoʻnalishini tanlashi kerak:
- Biotechnology - Biotexnologiya;
- Green technology — Yashil texnologiya;
- Information technology - Axborot texnologiyalari (IT);
- Internet - Internet;
- Science - Ilmiy fanlar;
- Telecommunications - Telekommunikatsiya
Seminarlar quyidagi mavzularni qamrab oladi:
- Ayollar va qizlarga maslahat berish;
- Tadbirkorlik va yuqori fikrlash darajasiga ega boʻlish;
- Innovatsion yetakchilik va shaxsning kuchli tomonlari;
- Silikon vodiysida oʻzaro kuchli aloqa;
- Shaxsiy notijorat tashkilot yoki ijtimoiy korxona yaratish va ishga tushirish;
- Omma oldida nutq soʻzlash qobiliyati
Dastur reja va maqsadlari haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Dasturning navbatdagi mavsumi 2025-yil sentyabr va oktyabr oylarida boʻlib oʻtadi va bu mavsum uchun 108 tagacha ishtirokchi saralab olinadi. Dasturga qabul qilinganlarning barcha xarajatlari tashkilot tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.