Tavsif
Helmut Veith stipendiyasi har yili Axborot texnologiyalari bo'yicha iste'dodli va qobiliyatli xotin-qizlarni Vena texnologiya universitetida magistratura bosqichini bepul davom ettirish imkoniyatini beruvchi dastur hisoblanadi.
Nomzodlar Vena texnologiya universitetida Computer Science yo’nalishining ingliz tilida olib boriladigan magistratura kursida o’qish istagiga ega bo’lish bilan birga avstriyalik olim Helmut Veith ishlagan sohalarning kamida bittasi bo’yicha matematik va texnologik bilimga ega bo'lishi lozim.
Dastur quyidagi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi:
- Master in Logic and Computation
- Master in Business Informatics
- Master in Computer Engineering (Technische Informatik)
- Master in Data Science
- Master in Media and Human-Centered Computing
Nomzodlardan kuchli matematik bilim va quyidagi sohalarga qiziqish so'raladi:
- Logic in Computer Science
- Formal Methods and Verification
- Foundations of Artificial Intelligence
- Algorithms and Complexity
- TheoryComputer Security