“Oʻzbegim Gavhari” loyihasi Fargʻona viloyati hokimligi, Fargʻona viloyati Yoshlar ishlari agentligi, va Fargʻona shahridagi Prezident maktabi hamkorligida ayollar uchun noyob taʼlim imkoniyatlarini taqdim etish maqsadida ishga tushirilmoqda.
Loyiha doirasida quyidagi yoʻnalishlarda grant asosida oflayn kurslar taklif etiladi:
Dasturni tashkil etishdan maqsad jamiyatdagi ayollarning taʼlim olish imkoniyatlarini oshirish, ularning faoliyatini ragʻbatlantirish va ularni sifatli zamonaviy bilimlar bilan taʼminlashdir. Dasturda faqatgina 13-45 yosh oraligʻidagi, dastur doirasidagi yoʻnalishlardan biriga qiziquvchi ayollar qatnashishlari mumkin. Saralab olingan nomzodlar kurslarda 100% grant asosida oʻqish, jonkuyar va tajribali ustozlardan zamonaviy fanlar boʻyicha taʼlim olish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 28-avgustgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:
- IT va dasturlash;
-Ingliz tili;
-Rus tili;
-Mobilografiya;
-Qoʻl mehnati orqali onlayn savdo;
-Biznes yuritish;
-Oʻz-oʻzini himoya qilish va psixologiya.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
“Oʻzbegim Gavhari” loyihasi ishtirokchilariga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Dastur haqida batafsil maʼlumot yoki savollarga javob olish uchun ushbu havola orqali murojaat qilish mumkin.
Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham maʼlumot olish mumkin: