Bakalavr bosqichi talabalari uchun Buyuk Britaniyada xarajatlari qoplanadigan 8 haftalik yozgi maktab - Undergraduate Summer School dasturi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
15 Yan, 2025 · Muddat tugagan

Bakalavr bosqichi talabalari uchun Buyuk Britaniyada xarajatlari qoplanadigan 8 haftalik yozgi maktab - Undergraduate Summer School dasturi

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Undergraduate Summer School butun dunyo boʻylab bakalavr talabalariga Buyuk Britaniyaning Norvich tadqiqot parkidagi boshqa institutlar, jumladan, Sainsbury laboratoriyasi va Earlham instituti bilan hamkorlikda xalqaro miqyosdagi ushbu mashhur John Innes tadqiqot markazida sakkiz hafta davomida yozgi maktabda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.

2025-yilgi bakalavriat yozgi maktabi 2025-yil 29-iyundan 22-avgustgacha bo'lib o'tadi.

Taʼlim dasturining maqsadi tajriba qilish salohiyatiga ega boʻlgan talabalarga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirishdan iborat.

Talabalar oʻsimliklar va mikrobiologiya fani boʻyicha dunyoning yetakchi olimlari bilan muloqot qiladilar va tadqiqotlar orqali tengsiz bilim va tushunchaga ega boʻlishadi.

Haftada bir kun tushdan keyingi ilmiy muloqot, kompyuter dasturlash, ilgʻor taqdimot koʻnikmalari va oʻtgan yillar talabalari bilan shaxsiy rivojlanish, karyera boʻyicha munozaralar kabi tadbirlarni oʻz ichiga olgan oʻquv tadbirlariga bagʻishlanadi.

Shu bilan birga, ishtirokchilar pitsa, barbekyu tayyorlash kabi mashgʻulotlarni oʻz ichiga olgan ijtimoiy voqeada ishtirok etadi. Dastur Shimoliy Norfolk sohilidagi ikki kunlik konferensiya bilan yakunlanadi, unda talabalar oʻz tadqiqotlarini taqdim etadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Dasturda bakalavr bosqichining 2-3-kurs talabalari ishtirok etishi mumkin. (birinchi yoki oxirgi kurs talabalari qatnasha olmaydi);
  • Nomzodning sohasi dasturning tadqiqot sohalariga mos boʻlishi kerak;
  • Dastur ingliz tilida olib borilgani sababli ingliz tilini yetarli darajada bilishi shart.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Ishtirokchilar 8 haftalik yozgi maktabda bepul ishtirok etadi;
  • Haftasiga stipendiyaga ega boʻladi (2025-yil uchun stipendiya miqdori hozircha aniq emas);
  • Jon Innes markazidan umumiy oshxonadan foydalanadi va shaxsiy turarjoy xonasiga ega boʻladi;
  • Dunyoga mashhur olimlar laboratoriyasidagi tadqiqotlariga hissa qoʻshish va treninglar, tadqiqotlar, seminarlar, qolaversa, ijtimoiy tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun onlayn ariza shaklini toʻldirishlari kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Tadqiqot loyihalari va ushbu loyihalarni tashkillovchi olimlar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya Bakalavr bosqichi talabalari uchun Buyuk Britaniyada xarajatlari qoplanadigan 8 haftalik yozgi maktab - Undergraduate Summer School dasturi
15 Yan, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.