Tavsif
The University of Tokyo Research Internship Program (UTRIP) dasturi tabiiy fanlar (natural sciences) va boshqa tegishli sohalarda tahsil olayotgan talabalar uchun yozgi amaliyot dasturidir. Dastur talabalarga “haqiqiy bitiruvchi-maktab hayoti” yoki “tadqiqotga asoslangan hayot” tajribasini olish imkoniyatini beradi. Ishtirokchi talabalar UTokyodagi Oliy fanlar maktabining (GSS) yetakchi tadqiqotchilari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar. Ajoyib ilmiy tadqiqot ish tajribasiga ega boʻlish imkoniyatidan tashqari, dastur Yaponiyadagi tarixiy va tabiat joylariga sayohat, yapon madaniyatini yaxshiroq tushunish uchun ijtimoiy va madaniy tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Dasturda tabiiy fanlar boʻyicha bakalavr bosqichini kamida 1 yilini tugatgan talabalar qatnasha oladi.
Dastur oxirida talabalar ogʻzaki taqdimot qilishlari va tadqiqot loyihasi boʻyicha hisobot topshirishlari kerak.
Dastur 2024-yilning 26-iyunidan 6-avgustigacha Yaрoniyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadi. Safar xarajatlari va yashash bilan bogʻliq xarajatlar qoрlab beriladi.
Dasturga ariza toрshirishning oxirgi muddati: 2024-yil, 9-yanvar soat 13:00 gacha.
Dastur haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali oʻqish mumkin.