Bakalavr bosqichida oʻqish uchun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — City University of Hong Kong tomonidan toʻliq va qisman qoplanuvchi grantlar
Xitoy Xitoy
14 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Bakalavr bosqichida oʻqish uchun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — City University of Hong Kong tomonidan toʻliq va qisman qoplanuvchi grantlar

Bakalavr To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Dunyoning eng nufuzli universitetlari orasida 53-oʻrinda turuvchi — City University of Hong Kong bakalavr bosqichida oʻqish uchun toʻliq va qisman qoplanuvchi grantlarni eʼlon qiladi. 2022-yilning bahorgi semestri uchun arizalar sentyabr oyining oxirida boshlanib 15-noyabr sanasida yakunlanadi. Grant yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega xalqaro talabalar uchun turli xil yoʻnalishlarda taqdim etiladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablar bilan batafsil tanishib chiqing:

  • IELTS darajasi kamida 6.5 yoki TOEFL iBT 79 yoki shu darajaga teng xalqaro til sertifikatiga ega boʻlish kerak;
     
  • 12 yillik taʼlim bosqichini (boshlangʻich va oʻrta/oʻrta-maxsus taʼlim) bitirgan boʻlishi yoki oʻqish boshlangunicha bitirishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

Talabalarga Entrance Scholarship Scheme dasturi boʻyicha quyidagi grantlardan biri taqdim etilishi mumkin:

  • Top Scholarship – 180 000 Gonkong dollari (taxminan 23 000 AQSH dollari); bu kontrakt summasi (tuition fee), yotoqxona va yashash xarajatlarini toʻliq qoplaydi;
     
  • Full Tuition Scholarship – taxminan 18 000 AQSH dollari; bu kontrakt summasini toʻliq qoplaydi;
     
  • Half Tuition Scholarship – taxminan 9000 AQSh dollari; bu kontrakt summasining yarmini qoplaydi;
     
  • Grantni qoʻlga kiritgan talabalar grant keyingi yillarda ham davom etishi uchun har yili oʻqishni kamida GPA 3.4 koʻrsatkich bilan yakunlashi kerak.

Topshirish jarayoni

  • Kerakli hujjatlar va qoʻllanmalar bilan quyidagi link orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin;
     
  • Xalqaro talabalar uchun ariza shaklini to‘ldiring.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili

Xitoy Bakalavr bosqichida oʻqish uchun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — City University of Hong Kong tomonidan toʻliq va qisman qoplanuvchi grantlar
14 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.