Bakalavr bosqichida taʼlim olayotgan ayol-qizlar uchun AQShda 4 hafta davom etadigan amaliyot - SUSI for Young Women Leaders Program

Bakalavr bosqichida taʼlim olayotgan ayol-qizlar uchun AQShda 4 hafta davom etadigan amaliyot - SUSI for Young Women Leaders Program

  • 27/09/2022 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 31/10/2022 18:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan 25 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

SUSI for Young Women Leaders Program yosh yetakchi ayollar uchun qisqa muddatli yozgi akademik dastur boʻlib, turli mamlakatlarning kuchli liderlik qobiliyatiga ega ayol-qizlarni AQSh va uning madaniyati bilan yaqindan tanishtirish va shu bilan birga ularning yetakchilik mahoratini oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Ushbu toʻrt haftalik dastur davomida ishtirokchi ayol-qizlar bir turli seminar munozaralari, mashgʻulotlar, guruh taqdimotlari va maʼruzalarda qatnashish bilan birga AQSHning mashhur joylariga tashrif buyurish, yetakchilik qobiliaytini rivojlantirish, madaniy tadbirlar va jamoat xizmati kurs va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar. Agar sharoit yaxshi boʻlsa, dastur davomida Qoʻshma Shtatlarda bir haftalik integratsiyalashgan oʻquv safari tashkil etiladi. Dastur 2023-yil iyun oyida boshlanadi.

2023-yilda SUSI atrof-muhit masalalariga eʼtibor qaratadi va ishtirokchi ayol-qizlar iqlim oʻzgarishi, barqaror rivojlanish, toza energiya, tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, okeanlarni himoya qilish, ifloslanish, ekoturizm, suv inshootlari, iqlim tadbirkorligi kabi mavzularda bilim va tajribalarini oshirishga muyassar boʻladi.

Dastur, shuningdek, ishtirokchilarga AQSh va butunjahon ayollarining dolzarb muammolarini muhokama qilish imkoniyatini beradi, jumladan, ishtirokchilar ayollar yetakchiligining rivoji, ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurash, ish joyidagi ayollar uchun daromadlar nomutanosibligi va boshqa muammolarni hal qilish, ayollar salomatligi muammolari va koʻcha-koʻyda ayollar xavfsizligi kabi mavzularda oʻz fikr va tavsiyalarini baham koʻrish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Dastur vaziyatga qarab onlayn tarzda oʻtkazilishi mumkin. Ushbu holatda ishtirokchilar amaliyot mashgʻulotlarini oʻz davlatlarida amalga oshiradilar.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Dasturda 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin;
  • Nomzod bakalavrning 1-,2-,3-bosqichida kunduzgi taʼlimda oʻqiyotgan boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilida mukammal darajada oʻqishi, yozishi va gapira olishi kerak;
  • Dastur yakunlangandan soʻng, yaʼni 2023-yil iyul oyida oʻz universitetiga qaytib bakalavr bosqichida kamida 1 semestr oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim;
  • Universitet va ijtimoiy tadbirlarda kuchli liderlik qobiliyatini namoyish etgan boʻlishi darkor;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak;
  • AQShda avvalgi yillarda deyarli oʻqimagan, sayohat qilmagan boʻlishi shart;
  • Har tomonlama yetuk, masʼuliyatli, mustaqil, keng fikrli va izlanuvchan bolishi lozim.

Eslatma! Nomzodlar irqi, rangi, dini yoki millatidan qatʼi nazar ushbu dasturda ishtirok etishlari mumkin. Nogironligi boʻlgan shaxslar ariza topshirishlari tavsiya etiladi.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan ayol-qizlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Xalqaro va ichki safar xarajatlari qoplanadi;
  • Bepul turar joy, oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
  • Oʻquv qoʻllanmalardan bepul foydalanish, turli mashgʻulot va tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Favqulodda vaziyatlarda moddiy yordam koʻrsatiladi.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish uchun ishtirokchilar kerakli hujjatlar va toʻldirilgan ariza shaklini Tashkent-Program@state.gov manzilga joʻnatishlari lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • Toʻldirilgan ariza shakli;
  • Eng soʻnggi semestrda olingan baholarining rasmiy tarjimasi. Bunda 1-kurs talabalari maktab yoki akademik litsey/kollejda olgan yakuniy baholarini taqdim etishlari mumkin;
  • Pasportning skanerlangan nusxasi;

Barcha hujjatlar “Application for SUSI for Young Women Leaders” mavzusi ostida Tashkent-Program@state.gov manziliga kechiktirilmasdan joʻnatilishi shart.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: Tashkent-Program@state.gov
Telefon: +998 781205450
Faks: +998 781206335

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

AQSh
Bakalavr bosqichida taʼlim olayotgan ayol-qizlar uchun AQShda 4 hafta davom etadigan amaliyot - SUSI for Young Women Leaders Program

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar