Tavsif
AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan yetakchilik qobiliyatiga ega 18-25 yosh oraligʻidagi ayol-qizlar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan Albright Young Women Leaders Program dasturi taqdim etiladi. Dastur AQSh Davlat Departamentining Taʼlim va Madaniyat masalalari Byurosi tomonidan moliyalashtiriladi.
Dasturdan maqsad ishtirokchilarga Amerika Qoʻshma Shtatlari haqida chuqurroq tushuncha berish va shu bilan birga ularning yetakchilik mahoratini oshirishdan iborat. Ishtirokchilar AQShning demokratik tamoyillari va jamiyati, madaniyati, qadriyatlari hamda institutlari haqidagi bilimlarini oshiradi, shu bilan birga tanqidiy fikrlash, muloqot qilish, qaror qabul qilish va boshqaruv kabi sohalarda yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantiradi. 4 haftaga moʻljallangan ushbu rezidentlik dasturi koʻplab nazariy va amaliy mashgʻulotlar hamda madaniy tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Dasturda ayollar bilan bogʻliq quyidagi global muammolar muhokama qilinadi:
- Taraqqiyot va ayollar yetakchiligi imkoniyatlari;
- Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurash;
- Ish joyidagi ayollar uchun daromadlar nomutanosibligi va boshqa muammolarni hal qilish;
- Ayollar salomatligi bilan bogʻliq muammolar;
- Ayollarning global tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka hissa qoʻshish yoʻllari.
Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun 2025-yilga moʻljallangan dasturning mavzusi — ekologiya muammolari. Unda ayollarning atrof-muhit muammolaridagi ishtiroki, barqaror rivojlanish, atrof-muhitga adolat bilan muomala qilish, jamoat salomatligi va iqlim oʻzgarishining aholiga taʼsiri kabi mavzularni oʻrganadi.
Dastur 2025-yil 21-iyundan 26-iyulgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.