Tavsif
Respublikamizda istiqomat qiluvchi hamda oliy o‘quv yurtlarida bakalavr bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan barcha ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba yoshlar uchun Xushnudbek.uz Telegram kanali tomonidan navbatdagi qiymati 3 million so‘mdan jami 105 million so‘m bo‘lgan taʼlim grantini eʼlon qilinadi. Loyihadan maqsad - ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy koʻmak berish, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish.
Ushbu grant loyihasi1 yil davomida jami 5 mlrd soʻmdan oshiqroq qiymatdagi taʼlim granti va stipendiyalar eʼlon qildi va ehtiyojmand talabalarga to‘lab berildi.
Eslatma: Ushbu grant uchun ajratilayotgan mablagʻlar XushnudbekUz kanalida eʼlon qilingan reklamalar hisobidan qoplanadi.