Tavsif
Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi iqtisodiy va ijtimoiy qoʻmitasi (EESC) tomonidan bakalavr bitiruvchi bosqich talabalari uchun qisqa va uzoq muddatli amaliyot dasturlariga qabul davom etmoqda. Ushbu dasturga nomzodlar yiliga ikki marta: fevral va sentyabr oylarida qabul qilinadi.
Uzoq muddatli amaliyotlar va ularning afzalliklari:
- Muddati: 5 oy davom etadi va 3 oy davomida amaliyot oʻtaganidan soʻng Bryusselgacha boʻlgan yoʻl haqi moliyalashtiriladi;
- Har oy amaliyotchilarga 1.252,68€ miqdorida pul beriladi;
- Har oyda 2 kun taʼtil beriladi.
- 3 oy davom etadi va haq toʻlanmaydi;
- Qisqa muddatli amaliyotlar uchun yil davomida istalgan vaqtda ariza yuborib javob kelgach davom etish mumkin.
Kuzgi mavsum uchun qabul: 3-yanvardan 31-martgacha
Bahorgi mavsum uchun qabul: 1-iyuldan 30-sentyabrgacha
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.