Bakalavr bosqichini Buyuk Britaniyaning nufuzli Warwick universitetida oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Warwick Undergraduate Global Excellence Scholarship dasturi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
28 Fev, 2022 · Muddat tugagan

Bakalavr bosqichini Buyuk Britaniyaning nufuzli Warwick universitetida oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Warwick Undergraduate Global Excellence Scholarship dasturi

Bakalavr To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Buyuk Britaniyaning nufuzli Warwick universitetida istalgan yoʻnalish boʻyicha bakalavr bosqichida oʻqishni istovchi talabalar uchun ushbu oliygoh tomonidan Warwick Undergraduate Global Excellence Scholarship dasturi tashkil etilgan. Dasturda ushbu oliygohning bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirgan va qabul qilingan talabalar ishtirok etishi mumkin.

Ushbu dastur dunyo boʻylab bilimli va kuchli salohiyatga ega boʻlgan talabalarni Warwick universitetida oʻqishga ragʻbatlantirish, moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

2022-2023-oʻquv yili uchun iqtidorli 250 nafar talabalar toʻliq va qisman grantlarga ega boʻlish imkoniyatiga ega.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob berish lozim:

  • Nomzod oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan talaba boʻlishi lozim. Bunda oʻqish xarajatlarini shaxsan oʻzi, oilasi yordamida yoki kredit olish hisobiga qoplashi kerak boʻladi. Asosiy talab, oʻqish xarajatlari ish beruvchi yoki boshqa grant hisobiga moliyalashtirilmasligi shart;
  • 2022-yil 26-yanvargacha ushbu oliygohning bakalavr kurslaridan biriga (Foundation kursi bilan birga) hujjat topshirgan boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilidan kamida IELTS 6 ( har bir boʻlimi kamida 5.5 boʻlishi kerak) darajaga ega boʻlishi lozim. Til bilish talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin;

Oʻzbekiston fuqarolari uchun Warwick universitetiga kirish talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • 2022-yilgi qabul uchun iqtidorli 250 nafar talabalar toʻliq va qisman grantlarga ega boʻladi. Jumladan:
    • 20 nafar talaba toʻliq grantga ega boʻladi va kontrakt toʻlovidan ozod etiladi;
    • 160 nafar talaba bakalavr kursi davomida yillik £13,000 miqdorida grantga ega boʻladi;
    • 70 nafar talaba dastur davomida yiliga £2000 stipendiya bilan taʼminlanadi.

Dasturning manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun avval nomzodlar 2022-yil 26-yanvargacha oliygohning bakalavr va Foundation kurslaridan biriga hujjat topshirgan va qabul qilingan boʻlishi kerak.

Dastur uchun arizalar qabul qilish 2022-yil boshida ochiladi. Nomzodlar ariza topshirish jarayonida “What makes you excellent?” savoliga javob berishi lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6

Buyuk Britaniya Bakalavr bosqichini Buyuk Britaniyaning nufuzli Warwick universitetida oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Warwick Undergraduate Global Excellence Scholarship dasturi
28 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.