Tavsif
Amerikada joylashgan Wells Mountain Foundation tomonidan rivojlanayotgan davlatlar talabalari uchun $300 dan $3000 dollargacha boʻlgan stipendiya ajratiladi. Stipendiyaga oʻz davlatida yoki xorijiy davlatlardan birida bakalavr darajasini davom ettirayotgan, akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalar ariza yuborishlari mumkin.
Nomzodlar barcha yoʻnalishlar boʻyicha qabul qilinadi. Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ariza yuborganlarga ustunlik beriladi:
- tibbiyot;
- huquq;
- taʼlim;
- ijtimoiy faoliyat;
- biznes;
- IT;
- qishloq xoʻjaligi;
- muhandislik.
Stipendiya, asosan, oʻz jamiyatida va davlatida ijobiy oʻzgarish qilishni maqsad qilingan, doim izlanishda boʻlgan talabalarga taqdim etiladi. Stipendiya toʻliq oʻquv davri uchun ajratiladi, lekin buning uchun gʻoliblar doimiy ravishda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari va jamiyat hayotidagi faolliklari haqida xabar berib turishlari kerak. Stipendiya talabaning oʻqish, yashash, va maʼlum bir xarajatlarini qisman qoplab beradi. Yiliga jami 80-100 ta grant ajratiladi va gʻoliblarga har yili 1-avgustda topshiriladi.
Qabul jarayoni 2025-yil 1-martga qadar davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.