Tavsif
Dunyodagi nufuzli tashkilotlardan biri hisoblangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi raqamli marketing, veb-menejment, grafik dizayn, ijtimoiy tarmoqlar, aloqa, jurnalistika, jamoatchilik bilan aloqalar va shunga yaqin sohalarni bakalavr bosqichini tamomlagan talabalar uchun 3 oylik amaliyot dasturini eʼlon qiladi.
Amaliyot davomida nufuzli tashkilotda tanlagan sohangiz boʻyicha bilimlaringizni oshirish imkoniyati mavjud. Dasturda qatnashishni istagan nomzodlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining faoliyatiga kuchli qiziqish bildirishi va ularni hurmat qilishi talab etiladi.
Amaliyot davomida turli millatlardan boʻlgan insonlar bilan oʻzaro fikr almashish va ulardan oʻrganish imkoniyatingiz boʻladi. Shu sabablarga koʻra, nomzodlar turli holatlarga nisbatan ijobiy reaksiya bildira oladigan bilim olishga intiluvchan boʻlishlari soʻraladi.