Bakalavr bosqichini toʻliq stipendiya bilan Shveysariyada oʻqish imkoniyati — Università della Svizzera italiana scholarships dasturi
Shveytsariya Shveytsariya
30 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Bakalavr bosqichini toʻliq stipendiya bilan Shveysariyada oʻqish imkoniyati — Università della Svizzera italiana scholarships dasturi

Bakalavr To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Shveysariyaning Università della Svizzera italiana universiteti dunyo boʻylab yoshlarga bakalavr dasturini 2022-yilning kuzgi semestridan oʻqish uchun grantlar eʼlon qiladi.

Dastur davomiyligi uch yil boʻlib, bakalavrning birinchi kurs talabalariga quyidagi sohalar uchun jami 20 ta grant ajratilgan. Har bir sohada 5 nafar stipendiatning birinchi oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini qoplab berish koʻzda tutilgan:

Dasturda oʻrta maktabni 2022-yilda bitirgan, istalgan davlat fuqarolari qatnasha oladi. Shuningdek, agar talabalarning har bir semestr uchun akademik koʻrsatgichlari yetarlicha yuqori boʻlsa, qolgan ikki yillik oʻquv toʻlovlari ham toʻlab berilishi mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzod oʻrta maktab yoki kollejni 2022-yilda tamomlagan boʻlishi;
  • Nomzodning baholari eng kamida 6/10 (Shved maktabi bitiruvchilari uchun) yoki 85/100 (boshqa mamlakatlar uchun)ni tashkil etishi;
  • Nomzod ushbu roʻyxatdagi kurslardan biriga 2022-yil 30-apreldan kechikmagan holatda qabul qilinishi kerak.

Dasturga qabul davomida nomzodlarning yuqori akademik koʻrsatgichga ega ekanligi hamda moliyaviy ehtijoyi eʼtiborga olinadi.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturga qabul qilingan nomzodning bir yillik kontrakt toʻlov summasi qoplab beriladi.

Eslatma: Ushbu grant ikki marta yaʼni kelasi ikki yil uchun qayta berilishi mumkin. Buning uchun talaba har bir semestr imtihonlarini topshirishi va fanlardan oʻrtacha 8/10 bahoni qoʻlga kiritishi lozim.

Topshirish jarayoni

Dasturga qabul qilinish uchun nomzodlar ushbu havola orqali saytda roʻyxatdan oʻtishlari, ariza toʻldirish uchun belgilangan toʻlov SFr. 100 (taxminan $105,94)ni toʻlab, onlayn shaklni toʻldirishlari lozim. Universitetning ushbu kurslaridan biriga qabul qilingandan soʻng, ularga joʻnatilgan email orqali grantga ariza topshira olish mumkin boʻladi.

Eslatma: Ushbu dasturga qabulning soʻngi muddatiga qadar oʻrta maktab shahodatnomasiga ega boʻlmagan nomzodlar, oʻzlarining oʻquv muassasasi tomonidan kutilayotgan bitiruv sanasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat orqali dedlayndan kechikmagan holatda oʻquv kurslariga hujjat topshirishlari lozim.

Quyida oʻquv kurslariga qabul qilinish uchun kerak boʻladigan hujjatlar haqida batafsil har bir sohaning alohida web-sayti orqali tanishish mumkin:

Agarda arizani toʻldirish davomida muammolarga yoki savollarga duch kelinsa (+41 58 666 4795) raqami orqali universitetning maslahat xizmatiga bogʻlanish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Grantga ariza topshirish uchun nomzod, avvalo, ushbu universitetning yuqorida sanab oʻtilgan 4 ta kursidan biriga qabul qilinishi kerak. Bu uchun oxirgi muddat 2022-yil 30-aprel qilib belgilangan. Stipendiyaga ariza topshirish uchun 2022-yil 31-iyul soʻngi muddat hisoblanadi. Natijalar 2022-yilning 16-avgustida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun manzil:

Università della Svizzera italiana
Via Buffi 13
6900 Lugano, Svizzera
tel +41 58 666 40 00
fax +41 58 666 46 47
e-mail info@usi.ch

Oʻquv maslahat xizmati bilan bogʻlanish uchun:

tel:+41586664795

orientamento@usi.ch

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Bakalavr

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Gumanitar fanlar, Ijtimoiy fanlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Shveytsariya Bakalavr bosqichini toʻliq stipendiya bilan Shveysariyada oʻqish imkoniyati — Università della Svizzera italiana scholarships dasturi
30 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.