Tavsif
Kaliforniya universiteti Berkli ekologik dizayn kolleji Arxitektura boʻlimi tomonidan arxitekturani ijtimoiy sanʼat sifatida tadqiq etishni ragʻbatlantirish maqsadida Berkeley Undergraduate Prize for Design Excellent mukofoti taʼsis etilgan. Har yili insholar tanlovi uchun hakamlar hayʼati odamlar va ularning atrofimizdagi olam bilan oʻzaro aloqasiga aloqador boʻlgan mavzu tanlaydilar.
Dastur talablariga javob beradigan talabalar ingliz tilida berilgan mavzuga doir 500 soʻzdan iborat insho yozishlari kerak boʻladi. Iqtidorli talabalar 2 kishi jamoa sifatida ishtirok etishi mumkin.
Taqdim etilgan ishlar orasidan taxminan 25-28 ta eng yaxshi ishlar saralab olinadi va ushbu yarim final ishtirokchilari ingliz tilida 2500 soʻzdan iborat insho yozishlari kerak boʻladi. Ulardan 5 yoki 8 ta nomzod finalga yoʻl oladi va eng yaxshi ishtirokchi $8500 pul mukofotiga ega boʻladi.
Barcha yarim final ishtirokchilari yozgi Community Service Fellowship dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Bu yilgi insho mavzusi:
You have been asked to design a housing project for the disadvantaged in your local community. What do you need to know to insure that your design will both reflect the lives and aspirations of those for whom you design and for the project to be a proud, long-term addition to the fabric of your community?
Tanlovning oʻtgan yilgi gʻoliblari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.