Tavsif
Yosh iste’dod egalari uchun o‘z martaba yoki ta’lim yo‘lida rivojlanishda tajriba orttirish uchun mo‘ljallangan Junior Professional Associate (JPA) dasturi xalqaro rivojlanishning qiyinchiliklari va mukofotlari bilan bevosita tanishish uchun noyob imkoniyat sanaladi. Dasturga qabul qilinganlar yuqori darajali hamkasblar va loyiha guruhlari hamda korporativ funksiyalarda ishlash orqali qashshoqlikni kamaytirish va umumiy farovonlikni oshirish bilan bog‘liq muammolar bilan bevosita tanishib, o‘z mahoratlarini oshirish va yangilarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ishtirokchilarning JPA sifatidagi tajribasi hukumat, konsalting, xususiy sektor, akademiya yoki boshqa rivojlanish agentliklarida martaba uchun pog‘ona sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga ishtirokchilar Jahon bankining ta’lim portali, Open Learning Campus (OLC) orqali darslarga yozilishlari, BBLs, ma’ruzachilar forumida va boshqa rivojlanish imkoniyatlarida qatnashishlari mumkin.
Ushbu havola orqali dastur bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.