Bakalavr hamda magistr talabalari uchun matematika, tabiiy hamda kompyuter fanlari boʻyicha amaliyot oʻtash imkoniyati
Avstriya Avstriya

Bakalavr hamda magistr talabalari uchun matematika, tabiiy hamda kompyuter fanlari boʻyicha amaliyot oʻtash imkoniyati

Amaliyot Stipendiya

Tavsif

ISTA Scientific Internships bakalavr/magistr darajasida taʼlim olayotgan yoki tamomlagan talabalarga yil davomida tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika yoki boshqa tegishli fanlar boʻyicha xalqaro miqyosda malaka oshirish imkoniyatini beradi.

Dastur bir yil davom etadi.

Amaliyotchilar quyidagi yettita sohadan birida amaliyot oʻtashlari mumkin:

ISTAda mustaqil ilmiy stajyor lavozimiga qiziquvchilar tegishli guruh rahbari bilan bevosita bogʻlanishlari kerak.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar soʻraladi:

  • Tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika yoki boshqa tegishli fanlar boʻyicha bakalavr/magistr darajasida taʼlim olayotgan yoki ushbu darajalarni tugallagan talabalar ISTAda ilmiy stajyor lavozimiga ariza topshirishlari mumkin;
  • Kelib chiqishi hamda yoshidan qatʼi nazar dunyo boʻylab barcha qiziquvchilar dasturda ishtirok etishlari mumkin;
  • Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilishlari soʻraladi.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturga qabul qilingan nomzodlarga oyiga 1,184 yevro (taxminan 1,256 AQSh dollari) miqdorida stipendiya taqdim etiladi.

Dastur imtiyozlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar tegishli sohaning web-sayti orqali guruh yetakchisiga bogʻlanishlari va e-mail orqali quyidagi hujjatlarni yuborishlari lozim:

  • Nomzodning kelib chiqishi hamda dasturga boʻlgan qiziqishini koʻrsatuvchi motivatsion xat;
  • Tegishli tajriba, taʼlim tarixi koʻrsatilgan CV (PDF formatida);
  • Amaliyot oʻtash uchun mumkin boʻlgan sanalar.

Eslatma: Dasturga ariza topshirish uchun muayyan dedlayn belgilanmagan. Ammo amaliyot boshlanishidan 2 oy oldin dasturga hujjat topshirish talab etiladi! 

Qo'shimcha ma'lumot

Pochta manzili: 

istintern@ista.ac.at 

Manzil:

Institute of Science and Technology Austria
Am Campus 1
3400 Klosterneuburg
Austria

Telefon: +43 (0)2243 9000
Fax: +43 (0)2243 9000 2000

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Avstriya Bakalavr hamda magistr talabalari uchun matematika, tabiiy hamda kompyuter fanlari boʻyicha amaliyot oʻtash imkoniyati
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.