Tavsif
The Student Summer Research Fellowship dasturi kompyuter texnologiyasi va shunga yaqin sohalardan birida bakalavr yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun moʻljallangan. Shveysariya davlati tomonidan eʼlon qilingan ushbu dasturda bakalavr bosqichini kamida ikkinchi bosqichida boʻlgan va oʻqishni dasturga borib kelgandan keyin yakunlaydigan barcha davlat talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Amaliyot dasturi yozgi taʼtil davomida yaʼni 1-iyuldan 31-avgustgacha toʻliq ikki oy davomida Shveysariyaning Zurich shahrida bo'lib o'tadi. Dastur davomida talabalar oʻzlari tanlagan mavzudagi tadqiqot loyihasi ustida ish olib borishadi. Har bir talabaga turar-joy va yashash xarajatlariga ishlatish uchun har oy stipendiya beriladi. Shuningdek, Shveysariyaga borish va viza xarajatlari ham dastur maʼmuriyati tomonidan qoplab beriladi. Dasturga ariza topshirish jarayoni 2024-yil 16-dekabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.