Tavsif
Ruminiyada joylashgan eng nufuzli universitetlardan biri — Bucharest University of Economic Studies tomonidan asos solingan The Bucharest Summer University bakalavr, magistratura bosqichida oʻqiyotgan talabalar uchun 2 haftalik yozgi maktab tashkil etiladi.
Dasturning asosiy maqsadi butun dunyodan kelgan ishtirokchilar uchun xalqaro madaniy va akademik tadbir uyushtirib, iqtisodiy muammolarga birgalikda yechim topishdir. Yozgi maktabning bu yilgi asosiy mavzusi — 𝐋𝐞𝐚𝐝𝐞𝐫𝐬 𝐨𝐟 𝐓𝐨𝐦𝐨𝐫𝐫𝐨𝐰 𝐢𝐧 𝐈𝐧𝐭𝐞𝐫𝐧𝐚𝐭𝐢𝐨𝐧𝐚𝐥 𝐁𝐮𝐬𝐢𝐧𝐞𝐬𝐬 𝐚𝐧𝐝 𝐄𝐜𝐨𝐧𝐨𝐦𝐢𝐜𝐬: 𝐑𝐞𝐬𝐡𝐚𝐩𝐢𝐧𝐠 𝐆𝐥𝐨𝐛𝐚𝐥 𝐄𝐜𝐨𝐧𝐨𝐦𝐲.
Ishtirokchilarga yashash, oziq-ovqat, Buxarest shahri boʻylab sayohat, madaniy tadbirlar va seminarlarda bepul ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Dasturga uch xil usulda ariza yuborish mumkin:
- Full Scholarship (ariza shaklini toʻldirish, CV, berilgan mavzuda yozilgan insho va bir nechta maxsus qoidalarga rioya qilish);
- Partial Payment (ariza shaklini toʻldirish, CV va berilgan mavzuda yozilgan insho);
- Total Payment (ariza shaklini toʻldirish, CV).
Ushbu dastur 2026-yil 9-24-avgust kunlari ingliz tilida Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.