Tavsif
BMT Taraqqiyot dasturi va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda NEXUS yondashuvi boʻyicha “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov maqsadi: Markaziy Osiyo talaba va izlanuvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, ularda suv-energetika, oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻliqni saqlash yoʻnalishlarining iqlim oʻzgarishiga oʻzaro bogʻliqligi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish, hamda Fargʻona vodiysi (Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston) hududida roʻy beradigan iqlim oʻzgarishi xavflarini tahlil qilishni ragʻbatlantirish.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar onlayn holatda ushbu havola yoki competition1@tiiame.uz elektron pochtasi orqali 2022-yil 1- martga qadar qabul qilinadi.