Tavsif
2024 KF Fellowship for Korean Language Training (KLT) dasturi 1993-yildan beri koreys tilini umumiy targʻib qilish va ommalashtirish uchun Koreya Jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan koreys tilini oʻqitish (KLT) boʻyicha yillik stipendiya dasturi hisoblanadi.
Ushbu dastur koreys tilini oʻrganish va Koreyadan tashqarida Koreya bilan bogʻliq faoliyatni ilgari surishning asosi sanaladi. Fond hozirda 2024-yilgi KLT dasturiga arizalarni qabul qilmoqda.
Dasturda koreys tiliga oid sohada oʻqiyotgan PhD, bakalavriat va magistratura talabalari, koreysshunos tadqiqotchilar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar Koreyadagi universitetda olti oy davomida intensiv immersion dasturida koreys tilini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dastur gʻolibi deb topilganlar 6 oy davomida oylik stipendiya, bir martalik sayohat uchun toʻlov, bepul tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadilar. Dastur uchun nomzodlar orasidan 30 ta g'olib tanlab olinadi.
Dasturga hujjat topshirishning oxirgi muddati - 2023-yil, 31-avgust soat 14:00 gacha.