Tavsif
Nemis-qozoq universiteti (DKU) Germaniya akademik almashinuv fondi (DAAD) bilan hamkorlikda Germaniya va Markaziy Osiyo talabalarini International Summer University dasturida ishtirok etishni taklif qiladi. Ushbu yozgi dasturda hozirda universitetning bakalavr va magistr talabalari, shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha qiziqish va tajribaga ega yosh mutaxassislar va faol yetakchilar ishtirok etishlari mumkin.
Dastur 2023-yil 31-iyuldan 11-avgustgacha Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtadi. Dasturda Trans-Kaspiy yo‘nalish misolida Qozog‘istondagi yuk tashishdagi muammolarni aniqlash va tahlil qilishga, shuningdek, Intermodal transport xizmatini joriy etish bo‘yicha konsepsiya va eng yaxshi yechimlarni ishlab chiqishga e'tibor beriladi. Yozgi maktab ikkita tematik moduldan iborat bo‘lib, biri logistikaga, ikkinchisi esa iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy masalalarga qaratilgan:
- Logistika;
- Iqtisodiyot.
Nomzodlar faqat bitta modul uchun ariza topshirishi mumkin. Har bir modul boʻyicha 10-15 talabalar tajribali oʻqituvchilar boshchiligida guruhda ishlash (group work), seminar va taqdimotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.