Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida o‘qish uchun 2021-yilgi to‘liq moliyalashtiriluvchi Ruminiya hukumati grant dasturi
Ruminiya Ruminiya
09 Apr, 2021 · Muddat tugagan

Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida o‘qish uchun 2021-yilgi to‘liq moliyalashtiriluvchi Ruminiya hukumati grant dasturi

Bakalavr +2 To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

  • Ushbu dastur Ruminiya hukumati tomonidan Yevropa Ittifoqi tarkibida bo‘lmagan davlat fuqarolari uchun barcha sohalarda to‘liq qoplanuvchi grantlarni taqdim etadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirgan davlat fuqarosi bo‘lmasligi;
  • Ariza topshiruvchining kelib chiqishi, ajdodlari Ruminiya fuqaroligida bo‘lmasligi yoki Ruminiya hududiga rasman tashrif buyurmagan bo‘lishi shart;
  • Ariza topshiruvchining oila a’zolaridan biri Ruminiya diplomatik va konsullik tashkilotlari, vazirlik va xalqaro tashkilotlarida ishlamasligi;
  • Ariza topshiruvchining baholari yuqori bo‘lishi talab qilinadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Kontrakt to‘lovidan ozod etiladi;
  • Rumin tilini 1 yillik kurs mobaynida bepul o‘rganish imkoniyati va bu muddat ichida stipendiya olish;
  • Oylik stipendiya beriladi:
  1. Bakalavr uchun – 65 yevro
  2. Magistratura uchun – 75 yevro
  3. PhD (doktorantura) uchun – 85 yevro
  • Ariza topshirish jarayonidagi to‘lovlardan ozod qilinadi;
  • Bepul turar joy;

Favqulodda holatlarda va kasallikka chalinganda bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Topshirish jarayoni

  • Ikki xil turdagi ariza shaklini toʻldirish;
  • Tegishli bosqich talabiga koʻra shahodatnoma yoki diplom va uning baholari;
  • Tugʻilganlik haqida guvohnoma;
  • Pasportning dastlabki uchta sahifasi nusxasi;
  • Tibbiy maʼlumotnoma;
  • Pasport oʻlchamidagi 2 ta rasm (3.5x4.5 sm);
  • 18 yoshga toʻlmaganlar uchun ota-onasining roziligi tasdiqlangan xat;
  • Maqsadni ifodalovchi xat (Letter of intent) — faqat doktorantura bosqichi uchun;
  • Rumin tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi (ixtiyoriy);
  • Tarjimayi hol (CV);
  • Barcha hujjatlar elektron yoki qogʻoz shaklda Ruminiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga taqdim etilishi shart.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Ariza topshiruvchi oʻzi tanlagan kurs boʻyicha Ruminiyadagi 2 ta universitet va yoʻnalishni tanlashi mumkin;
  • Arizalar Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi;
  • Hujjatlari qabul qilingan nomzodlar suhbatga chaqiriladi;
  • Grant sohiblari 15-iyul sanasida eʼlon qilinadi;
  • “Letter of acceptance for studies in Romania” (Ruminiyada oʻqish uchun qabul qilinganlik xati) elchixona orqali joʻnatiladi va ariza topshiruvchi ushbu xat yuzasidan grantni qabul qilish yoki rad etish javobini belgilangan muddat ichida joʻnatishi talab etiladi.

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura, PhD

  • Soha

    Amaliy fanlar va kasblar, Biznes boshqaruvi, Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Atrof-muhit va Geologiya fanlari, Gumanitar fanlar, Huquqshunoslik va qonunchilik, Tabiiy fanlar va matematika, Ijtimoiy fanlar, Mehmonxona biznesi, hordiq va sport, Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, Sanʼat, dizayn va arxitektura, Taʼlim va tarbiya, Jurnalistika va OAV

Ruminiya Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida o‘qish uchun 2021-yilgi to‘liq moliyalashtiriluvchi Ruminiya hukumati grant dasturi
09 Apr, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.