Tavsif
2022-2023-yillarda Italiyada bakalavr va magistratura bosqichida oʻqish uchun Regional Scholarship dasturi eʼlon qilindi.
Bu stipendiya dasturi Italiya universitetlaridan biriga qabul qilingan va talablarga toʻliq mos keladigan nomzodlarga beriladi va oʻqish pulini, turarjoy, yashash uchun mablagʻ va boshqa xarajatlarni toʻlab beradi.
Stipendiyani yutgan talabalar uchun muddat 1 yil etib belgilangan va 1 yil ichida oʻqishlari yaxshi holatda boʻlishi kerak; eng kamida 20 kredit bilan fanlarini yopishlari soʻraladi, aks holda, barcha sarflangan pullar qaytarib olinadi. Agar talaba yaxshi oʻqishda davom etsa, keyingi yillarda ham qaytadan ariza topshirib stipendiya olishda davom etishi mumkin.
Arizalarni topshirish har bir bosqichga qarab bir-biridan farq qiladi. Bosqichlarga qabul 29-iyulda boshlangan va 30-sentyabrga qadar davom etadi.
Batafsil ma'lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.