Hujjat topshirish
Grantda qatnashish jarayoni quyidagicha:
- Dastur rasmiy sahifasidan ma'lumot olish;
- Kerakli hujjatlarni joylab ro'yxatdan o'tish;
- Ro'yxatdan ko'rsatilgan Qozog'iston universitetlaridan birini tanlash;
- Onlayn testdan o'tish;
- Onlayn intervyuda qatnashish.
Hujjat topshirish uchun hech qanday to'lov puli so'ralmaydi.
Arizani qozoq, rus yoki ingliz tilida to'ldirish mumkin.
Ro'yxatdan o'tish jarayonida nomzodlar quyidagi hujjatlarning skanerlangan shaklini ushbu havola orqali jo'natishlari lozim:
- Pasport;
-Oxirgi bitirgan muassasaning diplomi va baholar transkriptining qozoq, rus yoki ingliz qilingan tarjimasi. (Bakalavr darajasiga qabul qilinish uchun baholar hech bo'lmagandan “yaxshi (4) " bo'lishi lozim;
-Qozoq, rus yoki ingliz tilida yozilgan motivatsion xat;
-Nomzodning o'quv yoki ish joyidan berilgan, qozoq, rus yoki ingliz tilida yozilgan tavsiyanoma;
-Chet elda o'qish uchun sog'lomligini isbotlovchi tibbiy ma'lumotnoma. Shuningdek, Sog'liqni saqlash rasmiy organi tomonidan berilgan OIV yoki OITS infeksiyasining yo'qligini isbotlovchi ma'lumotnoma ham so'raladi;
-Ariza shaklini to'ldirish kerak;
-Agar mavjud bo'lsa, Qozog'istonning biror universitetida o'qish uchun kelgan chaqiruv xati.
- Magistratura bosqichi uchun:
- Pasport;
-Oxirgi bitirgan muassasalarining diplomi, baholar transkripti va ilovasining qozoq, rus yoki ingliz tilida qilingan tarjimasi. (Bakalavr diplomi baholari 4 GPAdan kamida 3 GPA bo'lishi lozim;
-Qozoq, rus yoki ingliz tilida yozilgan motivatsion xat;
-Nomzodning o'quv yoki ish joyidan berilgan, qozoq, rus yoki ingliz tilida yozilgan 2 ta tavsiyanoma;
-Chet elda o'qish uchun sog'lomligini isbotlovchi tibbiy ma'lumotnoma. Shuningdek, Sog'liqni saqlash rasmiy organi tomonidan berilgan OIV yoki OITS infeksiyasining yo'qligini isbotlovchi ma'lumotnoma ham so'raladi;
-Ariza shaklini to'ldirish kerak;
-Agar mavjud bo'lsa, Qozog'istonning biror universitetida o'qish uchun kelgan chaqiruv xati;
-Chet tilini bilish darajasini belgilab beruvchi sertifikat. Til bilish eng kamida quyidagi darajada bo'lishi lozim:
IELTS- 5,5;
TOEFL IBT-46, TOEFL PBT-453;
Nemis tili uchun- B2 darajasi;
Fransuz tili uchun- B2 darajasi;
- Doktorantura bosqichi uchun:
- Pasport;
-Oxirgi bitirgan muassasalarining diplomi, baholar transkripti va ilovasining qozoq, rus yoki ingliz qilingan tarjimasi. (Bakalavr diplomi baholari 4 GPAdan kamida 3 GPA bo'lishi lozim;
-Qozoq, rus yoki ingliz tilida yozilgan motivatsion xat;
-Nomzodning o'quv yoki ish joyidan berilgan, qozoq, rus yoki ingliz tilida yozilgan 2 ta tavsiyanoma;
-Chet elda o'qish uchun sog'lomligini isbotlovchi tibbiy ma'lumotnoma. Shuningdek, Sog'liqni saqlash rasmiy organi tomonidan berilgan OIV yoki OITS infeksiyasining yo'qligini isbotlovchi ma'lumotnoma ham so'raladi;
-Ariza shaklini to'ldirish kerak;
-Agar mavjud bo'lsa, Qozog'istonning biror universitetida o'qish uchun kelgan chaqiruv xati;
-Chet tilini bilish darajasini belgilab beruvchi sertifikat. Til bilish darajasi eng kamida quyidagi darajada bo'lishi lozim:
IELTS- 5,5;
TOEFL IBT-46, TOEFL PBT-453;
Nemis tili uchun- B2 darajasi;
Fransuz tili uchun- B2 darajasi;
Yuqoridagi tillardan biri ona tili bo'lganlardan sertifikat talab qilinmaydi. Talab qilinadigan til bilish sertifikatlari haqida ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.
Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish yo'riqnomasi bilan tanishib chiqish mumkin.