Tavsif
Germaniyada joylashgan Max Plank instituti informatika (informatics), dasturiy ta'minot tizimlari (Software systems), Xavfsizlik va maxfiylik (Security and privacy) yo'nalishlari bo'yicha to‘liq moliyalashtiruvchi, jumladan oylik stipendiya, turar-joy hamda yo‘l xarajatlarini qoplaydigan tadqiqot amaliyot dasturini uchun taklif qiladi.
Ushbu amaliyot dasturi bakalavr, magistratura va doktorantura shuningdek, kompyuter fanlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish tajribasiga ega bo‘lishni istagan nomzodlar uchun jahon darajasidagi tadqiqotlarni olib borishga ajoyib imkoniyatdir. Ishtirokchilar Maks Plank institutining xalqaro miqyosdagi taniqli tadqiqotchilar jamoasidan bilim olish hamda kompyuter fanlari sohasida ilg‘or tadqiqotlarni olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Odatiy amaliyot 12-14 haftagacha davom etadi, lekin bundan uzoqroq muddatda ham amaliyot o‘tash mumkin. Amaliyot loyihalari amaliyotchining ilmiy qiziqishlari, yetukligi va tajribasiga asoslanadi. Pandemiya sababli amaliyotni jonli o'tash imkoniyatiga ega bo'lmaganlar uchun onlayn amaliyot o'tga ham ruxsat beriladi.