Bakalavr, magistratura va doktoranturani istalgan yo'nalishda to'la moliyalashtirilgan holda o'qish uchun dunyoning nufuzli stipendiylaridan biri - Stipendium Hungarium Scholarship dasturi
Vengriya Vengriya
15 Yan, 2026 · Muddat tugagan

Bakalavr, magistratura va doktoranturani istalgan yo'nalishda to'la moliyalashtirilgan holda o'qish uchun dunyoning nufuzli stipendiylaridan biri - Stipendium Hungarium Scholarship dasturi

Bakalavr +3 To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Vengriyaning 30 ta universiteti Stipendium Hungarium Scholarship doirasida 900 dan ortiq ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar taklif qiladi. (Asosan ingliz tili dasturlari mavjud, ammo nemis, fransuz, venger tillarida ham dasturlar mavjud). Stipendiya dunyo boʻyicha eng nufuzli stipendiya hisoblangani bois, dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan ellik mingga yaqin arizalar kelib tushadi. Ulardan 60% dan ziyodi osiyolik talabalarga tegishli.

Barcha bosqich: bakalavr, magistratura (bir yillik, bir yarim yillik va ikki yillik), PhD, shuningdek, darajasiz almashinuv dasturlarida oʻqishni istaydigan talabalar dasturga ariza topshirishi mumkin.

Stipendiyaning maqsadi - Yevropa tajribasiga tayangan holda tegishli sohaga doir yetuk kadrlarni tayyorlash.

Dastur doirasidagi universitetlarni ariza beruvchilar mustaqil tarzda tanlab olishlari lozim. Universitetlarni bu yerdan yoki bu havola orqali tanlash mumkin.

Stipendiyaning imtiyozlari bepul oʻqish va turarjoy, oylik stipendiya, shuningdek, bepul tibbiy sug'urtani qamrab oladi.

Stipendiyani qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatli talabalar haqidagi hikoyalarni bu yerda oʻqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  1. Toʻliq va almashinuv dasturlari uchun ariza topshirish mumkin boʻlgan davlatlarning maxsus roʻyxati mavjud. Nomzod roʻyxatdagi davlatlar koʻrsatilgan kategoriyaga mos kelishi lozim (Oʻzbekiston barcha roʻyxatlarda bor).
  2. Dastur boshlangunga qadar 18 yoshga toʻlgan boʻlish;
  3. Ilgari stipendiyani qoʻlga kiritmagan boʻlishi va oʻqishga topshirayotganda oʻz-oʻzini moliyalashtirish turini (self-finance) tanlamagan boʻlishi lozim;
  4. Vengriya fuqarolari dasturga ariza bera olmaydilar.

Dasturning qabul talablari, maxsus shakllantirilgan davlatlar roʻyxatini batafsil ushbu havola orqali (bakalavr, magistratura va daraja bermaydigan dasturlar uchun) va bu yerda oʻqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:

  • Oʻquv-kontrakt toʻlovidan ozod qilinadi;
  • Oylik stipendiya: bakalavr, magistratura va darajasi dasturlar uchun — HUF 43,700 (~ EUR 110); doktorantura uchun — HUF 140,000-180,000 (~ EUR 355/~ EUR 460);
  • Bepul yotoqxona yoki turar-joy ijarasi uchun HUF 40,000 oylik stipendiya;
  • Umumiy tibbiy sugʻurta va kishi boshiga HUF 65,000 (~EUR 170)gacha boʻlgan tibbiy yordam uchun qoʻshimcha mablagʻ (bir yilga).

Muhim: Dastur doirasida beriladigan stipendiya miqdori yashash xarajatlarini qoplash uchun yetmasligi mumkin. Nomzodlarga yashash xarajatlarini oldindan hisoblab, qoʻshimcha shaxsiy mablagʻ jamgʻarishlari tavsiya etiladi.

Topshirish jarayoni

Universitetlarga hujjatlarni topshirish talablari nomzod tanlagan universitet va bosqich (bakalavr, magistratura, doktorantura) doirasidan kelib chiqadi.

Umumiy hujjatlar quyidagilar:

  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID karta yoki pasport nusxasi — majburiy).
  2. Tibbiy maʼlumotnoma (Namuna uchunmajburiy).
  3. Onlayn ariza (majburiy).
  4. Motivatsiya xati (majburiy).
  5. Til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (dasturga bogʻliq).
  6. Maktab/bakalavr/magistratura diplomi va tarjimasi (dasturga bogʻliq).
  7. Reyting daftarchasi nusxasi va tarjimasi (majburiy).
  8. Arizasi qabul qilinganligi haqida hujjat (majburiy).
  9. Tadqiqot rejasi (dasturga bogʻliq).
  10. Tavsiyanoma xati (dasturga bogʻliq).
  11. Portfolio va audio portfolio (dasturga bogʻliq).

Eslatma: Kerakli hujjatlarni ushbu jadvaldan tekshirish tavsiya qilinadi. Shuningdek, ariza topshirishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar hamda ularning oldinini olish uchun tavsiyalarni ushbu havola orqali oʻqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga hujjat topshirishdan oldin majburiyatlar va kelishuvlar haqida batafsil tanishib chiqish lozim. 

Birinchi bosqich saralash natijalari 28-fevralda, 2026-yil e'lon qilinadi.

Ikkinchi bosqich mart-may oylarida e'lon qilinadi. Tibbiy ma'lumotnomani 15-aprelga qadar topshirish mumkin. 

Iyun o'rtalariga qadar yakuniy natijalar e'lon qilinadi.

Qo'shimcha savollar uchun:

Tel: +36 (1) 236 5040;

Skype: stipendiumhungaricum;

E-mail: stipendiumhungaricum{at}tpf.hu 

Tez-tez so'raladigan savollarga javoblar.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura, PhD, Postdoktorantura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Vengriya Bakalavr, magistratura va doktoranturani istalgan yo'nalishda to'la moliyalashtirilgan holda o'qish uchun dunyoning nufuzli stipendiylaridan biri - Stipendium Hungarium Scholarship dasturi
15 Yan, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.