Bakalavr, magistratura yoki doktorantura diplomiga ega yosh mutaxassislar uchun Germaniya parlamenti tomonidan toʻliq qoplanuvchi 5 oylik stipendiya dasturi
Germaniya Germaniya
30 Iyl, 2023 · Muddat tugagan

Bakalavr, magistratura yoki doktorantura diplomiga ega yosh mutaxassislar uchun Germaniya parlamenti tomonidan toʻliq qoplanuvchi 5 oylik stipendiya dasturi

To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Istalgan yoʻnalishda bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichini tamomlagan bitiruvchilar uchun Germaniya Bundestag parlamentida 5 oyda davomida amaliyot oʻtash imkoniyati mavjud. Amaliyotning uch oyi davomida ishtirokchilar Bundestag parlamentini bevosita kuzatishlari ham nazariy ham amaliy jihatdan oʻrganishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi. 

Ushbu dasturda har yili dunyoning turli xil 50 ta davlatidan 120 ga yaqin ishtirokchilar qatnashishadi va Germaniyaning mashhur univeristetlaridan: Free University of Berlin, Humboldt University of Berlin va The Technical University of Berlinda amaliyot oʻtash imkoniyatini qoʻlga kiritishadi.

Dasturga, asosan, boshqaruv va siyosat, ijtimoiy faollikka kuchli qiziqadigan universitetni yaqindagina bitirib oʻz sohasida tajriba olmoqchi boʻlgan yoshlar qabul qilinadi. 

Dasturning asosiy maqsadi — nomzodlar qatnashyotgan davlat va Germaniya oʻrtasida diplomatik aloqalarni yanada yaxshilash va rivojlanishiga hissa qoʻshish.

Dasturga har yili 1-martdan 31-iyulgacha qabul davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturga 1994-yil 1-martdan keyin tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarolari ariza yuborishlari mumkin;
  • Bakalavr, magistratura yoki doktorantura diplomiga ega boʻlishlari kerak;
  • Dasturning asosiy tili nemis tili boʻlganligi sababli, nemis tilidan eng kamida B2 daraja soʻraladi;
  • Nomzodlar siyosat va ijtimoiy sohalarga kuchli qiziqishi, shuningdek Germaniya tarixini yaxshi bilishlari kerak.

Eslatma: Agar nomzod bakalavr darajasini tugatmagan boʻlsa, shu yil 31-dekabrgacha tamomlashi va dasturga topshirishi mumkin.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Germaniyaga borish-kelish aviachiptasi, turar-joy va sugʻurta xarajatlari dastur tomonidan to‘liq moliyalshtiriladi;
  • Amaliyot davomida har oy €500 stipendiya beriladi.

Dastur imtiyozlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dastur uchun kerakli hujjatlar roʻyxati:

  1. Ariza shaklini toʻldirish (nemis tilida). 5, 6 va 9-betlariga imzo qoʻyib skaner qilib yuborish soʻraladi.
  2. Nomzod haqida 2 sahifadan oshmagan shaxsiy bayonot. Bunga ham imzo qoʻyib skaner qilib yuborish kerak.
  3. Diplom nusxasi. (skanerlagan nusxasi ingliz yoki nemis tilida topshirilishi kerak).
  4. Nemis tilidan B2 darajasi borligini koʻrsatuvchi hujjat yoki tajriba. Til sertifikatlari: TestDaF, ZOP, DSH yoki IPS va boshqalar qabul qilinadi.
  5. Pasport nusxasi
  6. Rasm ( JPEG yoki boshqa umumiy formatda)
  7. 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanoma ingliz yoki nemis tilida boʻlishi universitet professorlari yoki ish beruvchi tomonidan berilishi mumkin.

Eslatma: Barcha hujjatlar skaner qilinib PDF shaklida nomzodning ism-familiyasi toʻliq yozilgan holatda, 15 MB hajmgacha boʻlgan fayl koʻrinishida yuborilishi shart. Agar fayllar hajmi 15 MB dan oshib ketsa ularni ikkiga boʻlib yuborish kerak. Hujjatlar hajmini qisqatirish kerak bo‘lgan holatda, faqat ".zip" fayli ko‘rinishiga keltirish so‘raladi.

Tayyor boʻlgan hujjatlarni 31-iyulga qadar quyidagi elektron pochtalardan biriga yuborish kerak:

  • info@taschkent.diplo.de

Hujjat topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumotga ega bo‘lish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi manzillar orqali olish mumkin:

  • Telefon raqam: +998 71 120 84 40
  • Faks: +998 71 120 66 93
  • Manzil: Sharaf Rashidov Koʻchasi 15, Toshkent 700017, Oʻzbekiston

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Nemis tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Bakalavr, magistratura yoki doktorantura diplomiga ega yosh mutaxassislar uchun Germaniya parlamenti tomonidan toʻliq qoplanuvchi 5 oylik stipendiya dasturi
30 Iyl, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.