Tavsif
Louis V. Gerstner, Jr. Biotibbiyot fanlari oliy maktabi biotibbiyot mutaxassisliklari bo‘yicha 20 ga yaqin bakalavr talabalari uchun Summer Undergraduate Research Program amaliyot dasturini taqdim qiladi.
Dastur Sloan Kettering institutining saraton biologiyasi va genetikasi, hujayra biologiyasi, hisoblash biologiyasi, rivojlanish biologiyasi, immunologiya, molekulyar biologiya, molekulyar farmakologiya va kimyo, struktur biologiya, shuningdek, patologiya, pediatriya, radiologiya va jarrohlik kabi 8 ta tadqiqot yo‘nalishlarida olib boriladi.
Dastur jonli tarzda yoz faslida o'tishi reja qilinmoqda. Ammo pandemik vaziyatga qarab amaliyot shakli o'zgarishi ham mumkin. Dasturga qabul qilinganlar stipendiya hamda turar-joy bian ta’minlanadi.