Tavsif
Research in Industrial Projects for Students (RIPS) dasturi dunyo boʻylab matematika, informatika kabi sohalarga katta qiziqish va bilimga ega boʻlgan bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun AQShning Kaliforniya universitetida amaliyot oʻtash imkoniyatini taqdim etadi.
Ushbu dasturda talabalar oʻzlariga tayinlangan mentorlar va soha mutaxassislar koʻmagida tegishli muammoni tadqiq qiladi va yechimlarini ogʻzaki va yozma ravishda taqdim etadi.
Dastur 2022-yil 21-iyundan 19-avgustgacha davom etadi va bu vaqt davomida RIPS talabalari Los-Anjelesda joylashgan Kaliforniya universiteti (UCLA) kampusidagi yotoqxonada yashaydilar va IPAM (Sof va amaliy matematika instituti)da amaliyot olib boradi. Dastur davomida toʻqqizta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha homiylari 2022-yil mart oyida eʼlon qilinadi. Loyihalar turlicha, lekin barchasi matematika, statistika, maʼlumotlar va hisoblash kabi sohalarni oʻz ichiga oladi. Dasturga oid barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi.