Bakalavr talabalari uchun Barselonada boʻlib oʻtadigan yozgi maktab. Dastur xarajatlari qisman qoplanadi va oyiga €600 stipendiya beriladi
Ispaniya Ispaniya
19 Mar, 2022 · Muddat tugagan

Bakalavr talabalari uchun Barselonada boʻlib oʻtadigan yozgi maktab. Dastur xarajatlari qisman qoplanadi va oyiga €600 stipendiya beriladi

Yozgi maktab Qisman moliyalash

Tavsif

Ispaniyaning eng mashhur shaharlaridan biri — Barselonada joylashgan CRG (The center of Genomic regulation) markazi tomonidan Hayot fanlari va shu yoʻnalishga yaqin boʻlgan sohalarda oʻqiyotgan bakalavr bosqichi talablari uchun yozgi maktab tashkil etilmoqda.

Dasturning asosiy maqsadi - yuqoridagi sohalarda tadqiqot qilishni istagan talabalarni qoʻllab-quvvatlash va eng soʻngi laboratoriya sharoitlarida ishlashlariga imkon yaratib berish.

Yozgi maktab ishtirokchilari dasturda qatnashish orqali quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishadi:

  • xalqaro ilmiy muhit va integratsiyalashgan oʻquv dasturidan foydalanish;
  • zamonaviy infratuzilma, maʼruzalar, seminarlar, ixtisoslashtirilgan ilmiy va texnologik kurslarda qatnashish;
  • qoʻshimcha malaka oshirish tadbirlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishadi;
  • shuningdek, CRG laboratoriyasining eng asosiy texnologiyalari haqida va koʻp tarmoqli xalqaro hamjamiyat tajribasini oʻrganishlari mumkin.

Dastur 2022-yil iyun-sentyabr oylari o‘rtasida boʻlib oʻtadi va 2 oy davom etadi. Jami 6 kishi dasturda qatnashish uchun tanlab olinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar hayot fanlari (Life Sciences) va shunga aloqador yoʻnalishlar: biomeditsina, bioinformatika, tibbiyot, biokimyo, kimyo sohalari boʻyicha bakalavr bosqichini yuqori akademik koʻrsatkichlar bilan davom ettirayotgan boʻlishlari kerak;
  • 4 yillik bakalavr bosqichini kamida 2 yilini (4 semestr) tugatgan boʻlishlari soʻraladi;
  • Ingliz tilini bilish darajasi yuqori boʻlishi;
  • Magistratura bosqichi talabalari qabul qilinmaydi.

Eslatma:

  1. Nomzodlar akademik yutuqlari, motivatsiya xatlari va tavsiyanomalariga koʻra saralab olinadi.
  2. CRG yozgi maktabining nomzodlardan soʻraydigan talablari bilan bu yerda batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Nomzodlarga oyiga 600 € stipendiya beriladi;
  • Agar nomzodlar Barselona shahrida doimiy yashaydigan fuqaro boʻlmasa, yashash joylariga qaytishlari uchun 1 martalik chiptaga pul beriladi (Yevropa fuqarolari uchun 300€ gacha, chet el fuqarolari uchun 800€);
  • Jamoat transportidan foydalanish uchun 2 oylik bepul chipta;
  • Oʻzining universiteti tomonidan tavsiya etilmagan nomzodlar tibbiy sugʻurta xarajatlari uchun oʻzlari toʻlashlari kerak;
  • Nomzodlar turar-joy bilan taʼminlanmaydi, buni oʻzlari qoplashlari kerak.

Dasturning imtiyozli jihatlari haqida bu yerda batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

  • CRG yozgi maktabi uchun barcha arizalar ushbu sayt orqali onlayn yuboriladi;

Kerakli hujjatlar roʻyxati:

  • Oxirgi oʻqigan taʼlim muassasasidan baholar transkripti va fanlar nomi;
  • Nomzod Hayotiy fanlarga nega qiziqishi, aynan nima uchun CRG yozgi maktabini tanlagani va yozgi maktabda qatnashish unga akademik va shaxsiy rivojlanish boʻyicha qanday foydali jihatlari borligini koʻrsatilgan izoh (description) yozishi kerak;
  • Nomzod kamida bitta tavsiyanoma yozib beruvchi odamni elektron pochta manzilini yozishi kerak, shunda tavsiyanoma beruvchining elektron pochta manziliga xabar boradi va shu orqali tavsiyanoma xatini yuklash mumkin;
  • Tavsiyanoma xati yuklangandan soʻng nomzodning elektron pochtasiga xat tizimga yuklangani haqida xabar keladi;
  • Nomzodlar barcha soʻralgan hujjatlar: baholar transkirpti, tavsiyanomalarni tizimga toʻliq joylaganlaridan soʻng, ariza shaklini toʻldirishga ruxsat beriladi
  • Roʻyxatdan oʻtish toʻliq ingliz tilida toʻldirishi kerak.

Eslatma: Hujjatlar 2022-yil 20-martga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish jarayoni haqida bu yerda batafsil bilib olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Soha

    Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Ispaniya Bakalavr talabalari uchun Barselonada boʻlib oʻtadigan yozgi maktab. Dastur xarajatlari qisman qoplanadi va oyiga €600 stipendiya beriladi
19 Mar, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.