Tavsif
Huawei xalqaro kompaniyasining Oʻzbekistondagi filiali qobiliyatli, intiluvchan va oʻz ustida ishlaydigan 4-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun Huawei Internship Program 2024 amaliyot dasturini eʼlon qiladi.
Ushbu amaliyot dasturi 3 oy davom etadi. Dastur soʻnggida qatnashchilar zamonaviy korxonada ishlash orqali maʼlum bir sohalarda koʻnikma va malakalarni qoʻlga kiritishlari, shuningdek, amaliyot muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda oʻsha yerda ishlab qolish imkoniga ega boʻlishlari mumkin.
Nomzodlar oʻzbek, rus hamda ingliz tillarida erkin suhbatlasha olishlari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha dastlabki koʻnikmalarga ega boʻlishlari lozim.
Dastur sohalari: Datacom, Wireless, Core Network, RF muhandisligi, OWS muhandisligi, Smartcare muhandisligi (Wireless, Core Network, RF Engineering, OWS Engineering, Smartcare Engineering).
Dasturga ariza topshirish jarayoni 2024-yil 15-aprelga qadar davom etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.