Bakalavr talabalari uchun Yaponiyada barcha xarajatlari qoplanadigan Global Management Program 2026 dasturi
Yaponiya Yaponiya
20 Fev, 2026 · Muddat tugagan

Bakalavr talabalari uchun Yaponiyada barcha xarajatlari qoplanadigan Global Management Program 2026 dasturi

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

Global Management Program 2026 Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtkaziladigan 6 kunlik dastur hisoblanib, unda bakalavr bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin. Dastur davomida sohadagi dunyo yetakchilari bilan biznes seminarlari, doʻkonlarga tashriflar, tadqiqotlar, shaxsiy taqdimot hamda turli mashgʻulotlar amalga oshiriladi. Dastur davomidagi turar-joy, viza hamda sugʻurta xarajatlari qoplanadi, nomzodlar global savdo sanoati boʻyicha chuqur bilimlarni egallash hamda Fast Retailingda kelajakda ishlash imkoniyatini qoʻlga kiritishlari mumkin boʻladi.

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2026-yil 20-fevral, Oʻzbekiston vaqti bilan 14:59 gacha davom etadi. Saralash jarayoni 3 bosqichda amalga oshirilib, arizasi saralab olingan nomzodlar bilan onlayn intervyu oʻtkaziladi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Barcha bakalavr bosqichi talabalari ariza topshirishlari mumkin;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (sertifikat soʻralmagan);
  • Dunyo yetakchilari bilan ishlashga tayyor boʻlishi lozim;
  • Yetakchilik hamda jamoa bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlish kerak;
  • Xalqaro madaniy muhitda ishlashga tayyor boʻlish zarur;
  • Tokioda boʻlib oʻtadigan 6 kunlik dasturda shaxsan qatnasha olish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Yaponiyaga borish-kelish yoʻl xarajatlari qoplanadi;
  • Dastur davomidagi turar-joy, viza hamda sugʻurta xarajatlari qoplanadi;
  • Global savdo sanoati boʻyicha chuqur bilimlarni egallash imkoni mavjud boʻladi;
  • Yetakchilik hamda xalqaro madaniy muhitda jamoa bilan ishlash koʻnikmalari shakllantiriladi;
  • Biznes ishlari ustida ishlash hamda taqdimot qilish mumkin boʻladi;
  • Sohadagi guruh ijrochilari hamda mutaxassislari bilan muloqotda boʻlish mumkin boʻladi;
  • Fast Retailingda kelajakda ishlash imkoniyatini qoʻlga kiritish imkoni paydo boʻladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2026-yil 20-fevral, Oʻzbekiston vaqti bilan 14:59 gacha davom etadi. Dasturda qatnashish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Dasturga saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda boʻlib oʻtadi:

1-bosqich: Ariza topshirish;

2-bosqich: Arizalarni tekshirish va baholash;

3-bosqich: Intervyu (onlayn).

Eslatma! Saralash jarayoni davlatlarga qarab farq qilishi mumkin. Saralash natijalari 2026-yil 30-mayda eʼlon qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida ushbu havola orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Yaponiya Bakalavr talabalari uchun Yaponiyada barcha xarajatlari qoplanadigan Global Management Program 2026 dasturi
20 Fev, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.