Tavsif
JACAFA Foundation va The Nippon Foundation (TNF) hamkorligida Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston universitetlarining bakalavr talabalariga moʻljallangan Eurasia Scholarship Program stipendiyasi taqdim etiladi. 2019-yildan amalga oshirilayotgan dastur maqsad — iqtidorli yoshlarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ularning akademik faoliyatini kuchaytirish.
Dastur IT va kompyuter fanlari, dasturiy muhandislik, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, biznes boshqaruvi, iqtisodiyot, huquqshunoslik hamda mahalliy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarish kabi sohalarda tahsil olayotgan talabalar uchun ochiq.
Stipendiya muddati 21 oygacha (2 yil) boʻlib, bakalavr darajasi tugagunga qadar davom etadi. Dastur doirasida ishtirokchilar JACAFA Foundation tomonidan tashkil etilgan xalqaro tadbirlarga taklif qilinishi hamda Yaponiyaga bepul sayohat dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.