Tavsif
The Amgen Scholars Program dasturi har yili yuzlab universitet talabalariga oʻzlarining ilmiy izlanish loyihalarini olish borish uchun imkoniyat yaratib beradi. Dastur 2006-yilda AQShda, 2008-yilda Yevropada va 2015-yilda esa Yaponiyaning Tokio va Kioto universitetlarida tashkillashtirilgan.
Grantning asosiy maqsadi turli davlatlardan boʻlgan nomzodlarga biologiya, biotibbiyot yoki shunga yaqin sohalarda oʻz karyeralarini yaratishga yordam berishdan iborat. Dastur 8 hafta davom etadi. Ishtirokchilarning yoʻl, turarjoy va shu kabi xarajatlari qoplab beriladi. Bundan tashqari, ularga 270,000 yapon iyenasi miqdorida stipendiya beriladi.
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar universitetda oʻqiyotgan boʻlishi hamda universitetni dasturdan soʻng tamomlashi zarur. Shuningdek, ishtirokchilardan til bilish sertifikati hamda yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlish ham soʻraladi. Grant davomida ham ishtirokchilarga maʼlum bir talablar qoʻyiladi. Dasturga ariza topshirish jarayoni 2023-yil 20-noyabrdan 2024-yil 1-fevralga qadar davom etadi. Ishtirokchilar Tokio universitetida mashgʻulotlarda ishtirok etganlaridan soʻng, Singapurga borishlari kerak boʻladi, barcha yoʻl xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.