Tavsif
Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti Taʼlim va madaniyat masalalari byurosining Yevrosiyo va Markaziy Osiyodagi Talabalar almashish bo‘yicha global dasturi (Global UGRAD) O‘zbekistonda bakalavr bosqichida (oxirgi kurs talabalaridan tashqari) o‘qiyotgan talabalar uchun Qo‘shma Shtatlarda bir semestrlik to‘liq, hech qanday ilmiy daraja berilmaydigan o‘qish imkoniyatini taklif qiladi.
Barcha talabalar bir semestr davomida to‘rt yillik universitet va kollejlarda o‘qiydilar va kampus turarjoylarida (yotoqxonalar) yashaydilar.
Bu yil dasturga barcha yo'nalishdagi talabalar qabul qilinadi. Faqatgina to'g'ridan tog'ri bemorni davolashga qaratilgan davolash ishi va hayvonlarni davolash yo'nalishlari bo'yicha ariza berish mumkin emas,
Muhim: Talabalarda AQSHdagi qaysi universitet/kollej yoki jamoat kollejida o‘qishni tanlash huquqi mavjud emas.
Avvalgi yilgi dastur g‘oliblari bilan o‘tkazilgan suhbatni Instagram va YouTube sahifasida tomosha qilish mumkin. Dastur bilan esa batafsil bu yerda tanishib chiqish mumkin.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: