Tavsif
GIFT Internship Program - Janubiy Koreyaning Graduate Institute of Ferrous Technology (GIFT) tomonidan taklif etiladigan yozgi va qishki amaliyot dasturi hisoblanadi.
Dasturga qora metallurgiya texnologiyalari hamda tizimlarini o'rganishga va/yoki GIFT laboratoriya faoliyati va tizimiga qiziquvchi bakalavr darajasining 3-4-bosqich talabalari hujjat topshirishlari mumkin.
Dastur mobaynida talabalar GIFT laboratoriyalarida amaliyot o'tash va soha mutaxassislari bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Dastur 1 oy davom etadi. Yozgi amaliyot dasturi Iyul oyida, qishki amaliyot dasturi esa Yanvar oyida bo'lib o'tadi.
Dastur bilan bog'liq ma'lumotlarni batafsil rasmiy sahifada yoki rasmiy broshyurada o'qish mumkin.