Tavsif
Fund for Peace (Tinchlik jamgʻarmasi) har yili AQSHning Vashington shtatida oʻtkaziladigan amaliyot dasturi hisoblanadi.
Tinchlikni barqarorlashtirish, xavfsizlik va inson huquqlari kabi sohalarga qiziquvchi yoshlar dastur davomida kamida 3 oy davomida Amerikada tajriba oshiradilar va oylik stipendiya bilan taʼminlanadilar.
Dastur davomida amaliyotchilarga tashkilot yoʻnalishiga muhim topshiriqlar beriladi va xalqaro aloqalar boʻyicha kuchli mutaxassislardan tajriba oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dasturga bir yilda 3 marta ariza topshirish mumkin.
- Bahorgi amaliyot uchun (odatda yanvar-may): 15-noyabr;
- Yozgi amaliyot uchun (odatda may/iyun-avgust): 15-mart;
- Kuzgi amaliyot uchun (odatda sentyabr-dekabr): 15-iyul;
Hozirda kuzgi mavsum uchun qabul davom etmoqda. Amaliyot oʻtash mumkin boʻlgan sohalar quyidagicha:
- Conflict Resolution- Muammoga yechim;
- Human Rights & Civil Liberties — Inson huquqlari va fuqarolar erkinliklari;
- International Relations — Xalqaro aloqalar.