Bakalavr va magistr talabalari uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bo'lib o'tuvchi xarajatlari to'liq qoplanadigan MOIC International Summit
Turkiya Turkiya
25 Sen, 2021 · Muddat tugagan

Bakalavr va magistr talabalari uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bo'lib o'tuvchi xarajatlari to'liq qoplanadigan MOIC International Summit

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

The Model Organization of Islamic Cooperation tashkiloti ICYF tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi har tomonlama faol va bilimli talabalarni birlashtirish va oʻzaro aloqalarni rivojlantirishdan iborat. Model OIC sammitining barcha yoʻnalishlari uchun foydali va interaktiv platformalar yaratilgan boʻlib, klubning barcha aʼzolari xalqaro diplomatik aloqalarni rivojlantirish va muzokaralar olib borish boʻyicha bilim va salohiyatlarini oshirishlari mumkin. Yoʻnalishlar boʻyicha saralab olingan eng yaxshi 14 ta nomzodlar Shimoliy Kipr Turk Respublikasida boʻlib oʻtadigan Xalqaro MOIC sammitida ishtirok etadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Ishtirokchilar 18-35 yosh oraligʻida boʻlishi
  • Bakalavr yoki magistraturada oʻqiyotgan boʻlishi
  • ICYF tashkiloti xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari ushbu dasturda qatnasha olmaydilar
  • MOIC onlayn sammiti yakunida hayʼat aʼzolari tomonidan eng yaxshi delegat (Best Delegate) sifatida tanlangan bo‘lishi

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • MOIC onlayn sammiti yakunida 14 ta yoʻnalish boʻyicha eng yaxshi delegatlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi
  • Shimoliy Kipr Turk Respublikasi boʻlib oʻtadigan Xalqaro MOIC sammitida ishtirok etadilar
  • Barcha xarajatlar tashkilot tomonidan toʻliq qoplanadi

Topshirish jarayoni

Nomzodlar ariza topshirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirishi kerak:

  • OIC va ICYF haqida batafsil tanishib chiqishi lozim
  • Ushbu havola orqali Model OIC Worldning taklif va talablari haqida maʼlumotga ega boʻlish
  • Ariza shalklini toʻldirishlari kerak
  • Ariza toʻldirish jarayonida Letter of Intention, yaʼni sammitga qatnashishdan maqsad nima ekanligini ifodalab beruvchi xat yozishlari so‘raladi

Qo'shimcha ma'lumot

27-sentyabr — ishtirokchilar roʻyxati eʼlon qilinadi

1-oktyabr — ochilish marosimi va treninglar bo'lib o'tadi

5-6-oktyabr — Xalqaro MOIC sammiti boʻlib oʻtadi (onlayn)

7-8-oktyabr — Osiyo va Arab davlatlari MOIC sammiti boʻlib oʻtadi (onlayn)

8-oktyabr — eng yaxshi nomzodlar eʼlon qilinadi

3-7-noyabr — Shimoliy Kipr Turk Respublikasida Xalqaro MOIC sammiti boʻlib oʻtadi

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Turkiya Bakalavr va magistr talabalari uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bo'lib o'tuvchi xarajatlari to'liq qoplanadigan MOIC International Summit
25 Sen, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.