Tavsif
Dastur Latviya davlati bilan taʼlim sohasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatgan davlat fuqarolariga Latviyada bakalavr, magistratura va dоktоrantura bosqichida oʻqish uchun imkon yaratadi. Shuningdek, stiрendiya gʻоlibiga har oy 700 yevrogacha stipendiya ajratiladi.
Latviya bilan shartnoma imzolagan yoki Latviya fuqarolari uchun stipendiya taklif qilgan mamlakatlar fuqarolari Latviya davlat stipendiyalariga ariza topshirishlari mumkin. Fuqarolari stipendiya olish huquqiga ega boʻlgan mamlakatlarni koʻrish uchun MUVOFIQ DAVLATLAR boʻlimini tekshirish kerak. Оʼzbekistоn ushbu rоʼyxatda mavjud.
Bakalavr va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha stipendiyalar bir oʻquv yiliga – 10 oygacha boʻlgan muddatga (PhD-talabalari uchun – 11 oygacha) beriladi.
Latviya filologiyasi, Latviya adabiyoti, Latviya madaniyati va Latviya tarixi boʻyicha oʻquv dasturlari boʻyicha magistraturada oʻqish uchun stipendiya ikki oʻquv yiliga, yaʼni magistratura taʼlim dasturining davomiyligi uchun berilishi mumkin.
Agar talaba yana bir yil Latviyada oʻqishni davom ettirmoqchi boʻlsa, u Latviya stipendiyasiga qayta ariza topshirishi kerak. Latviya stipendiyasi bir shaxsga ketma-ket ikki muddatdan koʻp boʻlmagan muddatga berilishi mumkin.
Latviyada oʻquv yili 1-sentyabrdan 30-iyungacha davom etadi.