Bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalar uchun  Germaniyada  2-3 oy amaliyot o‘tash imkoniyati - International Max Plank Student dasturi
Germaniya Germaniya
08 Fev, 2024 · Muddat tugagan

Bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalar uchun Germaniyada 2-3 oy amaliyot o‘tash imkoniyati - International Max Plank Student dasturi

Amaliyot Qisman moliyalash

Tavsif

Tabiiy  fanlar, kimyo, fizika, kompyuter fanlari, amaliy matematika yoki muhandislik fanlari bo‘yicha  tahsil olayotgan bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalar uchun  International Max Plank Student dasturi 2-3 oylik amaliyot o‘tash imkoniyatini beradi.  Dastur ishtirokchilarga yuqori raqobat muhitida   samarali tadqiqot olib borish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va qulay muhitda xalqaro tadqiqot hamjamiyatlari bilan yaqindan tanishish, dissertatsiya muddati davomida moliyaviy xavfsizlik kabi imtiyozlarni beradi.  Shuningdek, dasturga qabul qilinganlar yuqori hamkorlik va xalqaro tadqiqot muhitida  ilmiy ish yozish tajribasiga, tajribali tadqiqotchilar tomonidan ko‘mak va maslahatlar olishga ega bo‘lishadi. 

Dasturga bakalavr (2-kursdan keyin) va magistraturada o'qishini davom ettirayotganlar topshira oladilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar tabiiy fanlar, kimyo, fizika, kompyuter fanlari, amaliy matematika yoki muhandislik sohalarida bakalavr yoki magistratura bosqichida o‘qiyotgan bo‘lishi;
  • Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi;
  • Bakalavriat talabalari amaliyot boshlanishidan oldin kamida 4 semestr o‘qishini tamomlagan bo‘lishi;
  • Ingliz tilini yetarli darajada yaxshi bilishi lozim.

Ushbu havola orqali dastur bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Ichki transport xarajatlari, uy-joy va yashash xarajatlari uchun oyiga €934 beriladi.(Agar kerak bo'lsa, sayohat, turar joy va vizani tashkil qilish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi).

Bu haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Hujjat topshirish uchun onlayn ariza topshiriladi.

  • Arizada shaxsiy ma’lumotlar hamda  nomzodga tavsiyanoma beruvchiga taalluqli ma’lumotlar so‘raladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:

  • Email: phdmpi-cbg.de;
  • Tel:+49 351.210.2658
  •  Amaliyot  o‘tashni taklif qilayotgan rahbarlari tomonidan nomzodlarning muvofiqlik talablariga mos kelishini ko‘rib chiqilgandan keyin onlayn suhbat o‘tkaziladi.
  • Dastur ushbu havolada keltirilgan loyiha mavzulari bo‘yicha olib boriladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Soha

    Muhandislik va texnologiya, Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalar uchun Germaniyada 2-3 oy amaliyot o‘tash imkoniyati - International Max Plank Student dasturi
08 Fev, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.