Tavsif
Turkiyadagi Yunus Emro Instituti va Turkish aerospace industries tashkiloti hamkorlikda turk madaniyati bilan butun dunyoni yanada yaqinroqdan tanitish maqsadida The Sky Global Summer Exchange & Internship Program yozgi almashinuv/amaliyot dasturini eʼlon qiladi.
Dasturning davomiyligi - 5 hafta (2022-yil 18-iyuldan 2022-yil 19-avgustgacha). Bunda 4 hafta davomida Anqarada amaliyot oʻtaladi, 1 hafta esa madaniy tadbirlar uchun ajratiladi.
Amaliyotni tashkil etishdan maqsad — Institut doirasida innovatsion gʻoyalar va real loyihalar ustida hamkorlikda ishlash uchun dunyo boʻylab turli soha vakillarini va qiziquvchilarini bir yerga jamlash. Shuningdek, amaliyot davomida turk madaniyati bilan bevosita tanishish mumkin.
Bakalavrning oxirgi ikki kursida yoki magistraturada oʻqiyotgan talabalar qatnashishi mumkin, bunda dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlar moliyalashtiriladi.
Dastur bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.